» » Varshava—Toshkent to‘g‘ridan to‘g‘ri aviareysi yo‘lga qo‘yilishi mumkin

Varshava—Toshkent to‘g‘ridan to‘g‘ri aviareysi yo‘lga qo‘yilishi mumkin


Ayni vaqtda O‘zbekiston Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi delegatsiyasi Polshada bo‘lib, vatandoshlar ishtirokida tashkil etilgan qo‘shma tadbirlarda ishtirok etmoqda. Bu haqda O‘zA xabar qiladi.

Ular Polshaning yirik turizm kompaniyalaridan Rainbow, Itaka vakillari va “Varshava turizm uyi” prezidenti Andjey Shimanskiy bilan ham uchrashib, O‘zbekistonda turizm sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, mamlakatning turizm salohiyati va imkoniyatlari xususida muloqot o‘tkazdi.

Polshaning yirik turizm kompaniyalari O‘zbekistonda sayyohlikni rivojlantirish yuzasidan o‘z takliflarini bildirdi. O‘zbekistonga tashrif buyurayotgan sayyohlar uchun doimiy ravishda (24 soat) ishlaydigan chegara punktlari haqida ma’lumotlarni ko‘paytirish, O‘zbekistonga borayotgan polshalik sayyohlar soni ortayotganligini inobatga olib, Varshava va Toshkent shaharlari o‘rtasida to‘g‘ridan to‘g‘ri aviareyslarni yo‘lga qo‘yish shular sirasidandir.

Varshava shahrida O‘zbekiston Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi va O‘zbekistonning Polshadagi elchixonasi hamkorligida bu diyor aholisi uchun O‘zbekiston sayyohlik imkoniyati borasida taqdimot ham o‘tkazildi.

“Yurtimizning o‘ziga xos jihatlari, olis tarixi va bir-biridan qadimiy shaharlari, Samarqand, Xiva, Buxoro, Termiz, Farg‘ona vodiysining sayyohlik imkoniyatlariga bag‘ishlangan video taqdimot ularga manzur bo‘ldi. O‘zbekistonda viza tartibini soddalashtirish borasidagi yangiliklar ham ularni quvontirdi. Tadbir ishtirokchilariga milliy mahsulotlarimiz tadim etildi. Ularning yurtimizga kelish, tarixiy va gastronomik imkoniyatlarimizni ko‘rishga bo‘lgan qiziqishi oshgani yuz-ko‘zida aks etib turgan edi”, – deydi qo‘mita vakili Sherzod Sultonov.

Uchrashuvlar yakunida Polshaning Umummilliy turizm palatasi vakillari O‘zbekiston xususiy sayyohlik tashkilotlari uyushmasi bilan hamkorlik memorandumi imzolashga tayyor ekanligini ma’lum qildi. Eng muhimi esa, Polshada 150 ta filiali mavjud bo‘lgan Rainbow turizm kompaniyasi bilan O‘zbekistonda yangi turizm yo‘nalishlarni o‘rganish va ishlab chiqish uchun info-tur tashkil etishga kelishib olindi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-04-2019, 05:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 71) ( 0) ( 70) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют