» » Bloomberg dunyoning eng “baxtsiz” iqtisodiyotlari reytingini e‘lon qildi

Bloomberg dunyoning eng “baxtsiz” iqtisodiyotlari reytingini e‘lon qildi


Bloomberg agentligi tomonidan tuzilgan Baxtsizlik Indeksi (Misery Index) deb ataluvchi reytingda ketma-ket beshinchi yil Venesuela yetakchilik qildi, deb yozadi “RBK”.

Ushbu reytingga inflyatsiya va ishsizlik darajasi yuqori bo‘lgan davlatlar kiritiladi. Indeks ishsizlik va inflyatsiya summasidan iborat.

Venesuela bilan bir qatorda dunyoning eng “baxtsiz” iqtisodiyoti reytingiga uning Janubiy Amerikadagi qo‘shnilari Argentina (ikkinchi o‘rin), Urugvay (yettinchi o‘rin), Braziliya (sakkizinchi o‘rin) ham kiritilgan.

Bloomberg’ning ta’kidlashicha, hali ham iqtisodiy qiyinchiliklarni boshidan kechirayotgan JAR (uchinchi o‘rin), Turkiya (to‘rtinchi o‘rin), Gretsiya (beshinchi o‘rin) va Ukraina (oltinchi o‘rin) reytingning yuqori pog‘onasidagi o‘z o‘rnini saqlab qolgan.

Dunyoning eng “baxtli” iqtisodiyotiga esa Shveysariya, Singapur va Tailand kiritilgan. U yerda Bloomberg tahlilchilari hisob-kitoblariga ko‘ra, nochorlik indeksi eng past ko‘rsatkichga ega.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-04-2019, 09:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 29) ( 0) ( 27) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют