» » G‘alaba uchun 10 mln so‘m va Gentra. Viloyat hokimi “Andijon” klubi futbolchilarini “Nasaf” ustidan qozongan g‘alabasi uchun mukofotladi (foto)

G‘alaba uchun 10 mln so‘m va Gentra. Viloyat hokimi “Andijon” klubi futbolchilarini “Nasaf” ustidan qozongan g‘alabasi uchun mukofotladi (foto)


18-aprel, payshanba kuni futbol bo‘yicha O‘zbekiston Superligasi 5-turi doirasida “Andijon” jamoasi o‘z maydonida Qarshining “Nasaf” klubini qabul qilib, 3:1 hisobida g‘alaba qozondi.

Bellashuv yakunidan so‘ng Andijon viloyati hokimi Shuhrat Abdurahmonov mezbon jamoa o‘yinchilarining har birini 10 million so‘m mukofot puli bilan siyladi.

Bundan tashqari jamoa tarbiyalanuvchisi Farhod Bekmurodovga yangi Chevrolet Gentra avtomobili kaliti topshirildi.

Qayd etish joiz, andijonliklar 5-turga kelibgina o‘z maydonidagi ilk rasmiy o‘yinni o‘tkazdi. Bellashuv yaqindagina to‘liq rekonstruksiyadan chiqarilgan “Sog‘lom avlod” stadionida bo‘lib o‘tdi. “Daryo” muxbirining xabariga ko‘ra, uchrashuvni stadiondan bevosita 20 mingga yaqin muxlis kuzatgan.

Ma’lumot uchun, 5-turdan so‘ng “Andijon” jamoasi 5 ochko to‘plagan holda musobaqa jadvalida 9-o‘rinda bormoqda.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-04-2019, 15:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 49) ( 0) ( 49) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют