» » Osiyo chempionati. Shunqor Abdurasulov iroqlik raqibini mag‘lubiyatga uchratdi

Osiyo chempionati. Shunqor Abdurasulov iroqlik raqibini mag‘lubiyatga uchratdi


19-aprel, juma kuni Tailand poytaxti Bangkok shahrida boks bo‘yicha Osiyo chempionati start oldi.

Musobaqaning dastlabki kunida o‘zbekistonlik bokschilar orasida Shunqor Abdurasulov (-64 kg) birinchi bo‘lib ringga ko‘tarildi. Unga iroqlik Kadim al-Ezire raqiblik qildi. Shunqor raqibini mag‘lubiyatga uchratib, ikkinchi bosqich yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

Ma’lumot uchun, Abdurasulovga keyingi bosqichda pokistonlik Ma’sud raqiblik qiladi.

Eslatib o‘tamiz, bugun erkaklar o‘rtasida -69 kg vazn toifasi vakili Bobousmon Boturov ham ringga ko‘tariladi. U mo‘g‘ulistonlik bokschi Bayarku Ganbaatar bilan jang qiladi. Bellashuv Toshkent vaqti bilan taxminan soat 16:15 da start oladi

Ayollar o‘rtasida esa o‘zbekistonlik Yodgoroy Mirzayeva (-57 kg) shri-lankalik Krishmiga qarshi ringga ko‘tariladi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-04-2019, 15:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 61) ( 0) ( 60) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют