» » 14 yil avval “Andijon voqealari”dan so‘ng oilasi bilan Rossiyaga chiqib ketgan oila O‘zbekistonga qaytdi

14 yil avval “Andijon voqealari”dan so‘ng oilasi bilan Rossiyaga chiqib ketgan oila O‘zbekistonga qaytdi


2005-yilgi “Andijon voqealari”dan so‘ng oilasi bilan Rossiyaning Krasnoyarsk shahriga chiqib ketgan Murodjon Yo‘ldoshevning oilasi O‘zbekistonga qaytdi. Bu haqda “Daryo”ga O‘zbekistonning Rossiyadagi elchixonasi konsullik bo‘limi xabar berdi.

1974-yili Qo‘qon shahrida tug‘ilgan uning turmush o‘rtog‘i Kibriyo Yo‘ldosheva bir necha yillik sargardonlikdan keyin O‘zbekiston qaytib kelgan.

Ma’lum bo‘lishicha, 2007-yilda chetga chiqib ketgan fuqarolar, agar chin dildan pushaymon bo‘lib, kechirim xati yozsa, O‘zbekistonga qaytishi mumkin, degan xabar tarqalganidan so‘ng, Kibriyo Yo‘ldoshevaning qaynakasi barcha hujjatlarni rasmiylashtirib, uning turmush o‘rtog‘i Murodjon Yo‘ldoshevni olib kelish uchun Krasonoyarskka borgan.

Biroq qidiruvda bo‘lgani sababli ayolning turmush o‘rtog‘i Rossiya huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan ozodlikdan mahrum qilinib, uch yil qamoqda bo‘lgan.

2010-yilda Murodjon Yo‘ldoshev ozodlikka chiqqach, ayol qaynakasining tashabbusiga ko‘ra qaynonasi va to‘rt nafar farzandi bilan Krasnoyarskka borgan.

Ikki yildan so‘ng, ayolning qaynonasi, qisqa vaqtdan keyin esa qaynakasi vafot etgan. Bu yerda tarqalgan turli mish-mishlar tufayli O‘zbekistonga qaytishdan qo‘rqqan oila Rossiyada to‘qqiz yil qolib ketgan.

Oilaviy mojarolar va kelishmovchiliklar tufayli Kibriyo Yo‘ldoshevani turmush o‘rtog‘i tashlab, uydan chiqib ketgan.

Kibriyo Yo‘ldosheva va uning farzandlari O‘zbekiston hududida hech qanday qidiruvda emasligini bilib konsullikka murojaat qilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-04-2019, 17:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 79) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют