» » Qidiruvda bo‘lgan shaxs o‘z ixtiyori bilan O‘zbekistonga qaytdi. Unga qamoq bilan bog‘liq bo‘lmagan jazo tayinlandi

Qidiruvda bo‘lgan shaxs o‘z ixtiyori bilan O‘zbekistonga qaytdi. Unga qamoq bilan bog‘liq bo‘lmagan jazo tayinlandi


Buxoro shahri Orifon ko‘chasi 9-uyda yashagan, 1991-yilda tug‘ilgan Mirshodbek Shukurov Rossiyaga pul ishlash maqsadida jo‘nab ketgan edi, deb xabar beradi Buxoro viloyati IIB matbuot xizmati.

Mirshodbek Shukurov oilasi nazoratidan chetda qolib, internet tarmog‘ida turli ekstremistik guruhlarning ta’siriga tushib qoladi.

“Yoshligi va qiziquvchanligi oqibatida u ‘Odnoklassniki’ saytida o‘zining shaxsiy sahifasini ochib turli terrorchi tashkilotlar ta’siriga tushib, ular tomonidan tayyorlangan taqiqlangan materiallarni internet orqali o‘zining do‘stlari va tanishlariga tarqatib kelish bilan shug‘ullangan”, — deyiladi xabarda.

Shukurovning jinoiy harakatlari huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan o‘z vaqtida aniqlanib, unga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 2441-moddasi 3-qismi (jamoat xavfsizligi va jamoat tartibiga tahdid soladigan materiallarni internet jahon axborot tarmog‘idan foydalanib tarqatish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qidiruv e’lon qilangan edi.

Buxoro viloyat IIB xodimlari tomonidan qidiruvdagi M.Shukurovni O‘zbekistonga qaytarish maqsadida uning oila a’zolari va o‘zi bilan suhbatlashib, tushuntirish ishlari olib borildi.

Mirshodbek Shukurov 2017-yil avgust oyida Buxoroga qaytib keldi. Shundan so‘ng uning Rossiyadagi noqonuniy harakatlari yuzasidan Buxoro viloyat IIB huzuridagi tergov boshqarmasi tomonidan tergov harakatlari yakunlanib, unga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi sud muhokamasiga yuborildi. Sud jinoyat ishi materiallarini to‘liq o‘rganib chiqib, o‘z ixtiyori bilan O‘zbekistonga qaytgan M.Shukurovga nisbatan qamoq bilan bog‘liq bo‘lmagan jazo tayinladi.

Опубликовано: admin (14-12-2017, 13:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 104) ( 0) ( 102) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют