» » Bobousmon Boturov boks bo‘yicha Osiyo chempionatini nokautli g‘alaba bilan boshladi (video)

Bobousmon Boturov boks bo‘yicha Osiyo chempionatini nokautli g‘alaba bilan boshladi (video)


19-aprel, juma kuni Tailand poytaxti Bangkok shahrida boks bo‘yicha Osiyo chempionati start oldi.

O‘zbekiston terma jamoasining erkaklar o‘rtasida -69 kg vazn toifasi vakili bo‘lgan Bobousmon Boturov musobaqadagi o‘zining birinchi jangini mo‘g‘ulistonlik bokschi Bayarku Ganbaatarga qarshi o‘tkazdi. U raqibini 2-raundda texnik nokautga uchratib, jangni muddatidan avval o‘z foydasiga hal qildi. Natijada o‘zbekistonlik bokschi keyingi bosqichga chiqdi.

Qayd etish joiz, kunning birinchi jangida Shunqor Abdurasulov (-64 kg) iroqlik Kadim al-Ezireni mag‘lub etib, ikkinchi bosqich yo‘llanmasini qo‘lga kiritgandi.

Bugun, shuningdek, ayollar o‘rtasida esa o‘zbekistonlik Yodgoroy Mirzayeva (-57 kg) shri-lankalik Krishmiga qarshi ringga ko‘tariladi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-04-2019, 17:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 81) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют