» » Aktyor va model Daler Yusuf O‘zbekistonning Malayziyadagi sayyohlik brendi elchisi etib tayinlandi

Aktyor va model Daler Yusuf O‘zbekistonning Malayziyadagi sayyohlik brendi elchisi etib tayinlandi


2019-yil 18-aprel kuni Kuala-Lumpurda O‘zbekiston elchisi Ravshan Usmonov asli O‘zbekiston fuqarosi bo‘lgan malay aktyori Daler Yusufga O‘zbekistonning Malayziyadagi sayyohlik brendi elchisi sertifikatini tantanali ravishda topshirdi. Bu haqda O‘zbekiston TIV xabar berdi.

Tadbirda Malayziya TIV, Malayziya sayyohlik kompaniyalari va turoperatorlar uyushmasi, yetakchisш sayyohlik kompaniyalari va mamlakat OAV vakillari, shuningdek, boshqa dipmissiyalar rahbarlari qatnashdi.

Asli Surxondaryo viloyatida tug‘ilgan Daler Xamroqulov Malayziyada Daler Yusuf nomi bilan tanilgan. U malay shou-biznes va kino olamida yulduzga aylangan. Hozirda yoshlar orasida “trendsetter” hisoblanadi. Kino va moda sohasida turli mukofotlar bilan taqdirlangan.

Malayziyada oliy ta’limni yakunlagach, 2010-yil aktyor sifatida kasbiy faoliyatini boshlagan. Qisqa vaqt ichida ushbu sohada katta yutuqlarga erishgan. Hozirda u Malayziya televideniyesida eng istiqbolli aktyorlardan biri hisoblanadi. 10 dan ortiq badiiy film va seriallarda suratga tushgan. Uning ijrosidagi filmlar Malayziya, Singapur va Indoneziyaning yetakchi telekanallarida efirga uzatiladi. Shuningdek, u Malayziya moda uylari va dizaynerlari bilan ham hamkorlik qiladi. Ijtimoiy tarmoqlar va fan-klubida 1 millionga yaqin follower’lari bor.

Sayyohlik brendi elchisi nafaqat O‘zbekistonning sayohat imkoniyatlari borasida faol ishlarni boshlab yubordi, balki Malayziyada O‘zbekistonning ijtimoiy-madaniy hayoti haqida jamoatchilikda targ‘ibot ishlarini ham boshlab yuborgan. U doimiy ravishda O‘zbekistonning madaniy-tarixiy va me’moriy merosi haqida foto va videomateriallarni internetga joylab boradi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-04-2019, 20:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 94) ( 0) ( 91) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют