» » 2019-yilning I choragida O‘zbekistonga 1,4 million sayyoh keldi

2019-yilning I choragida O‘zbekistonga 1,4 million sayyoh keldi


Davlat rahbarining e’tibori va qo‘llab-quvvatlashi tufayli turizm sanoati O‘zbekiston iqtisodiyotidagi asosiy yo‘nalishlardan biriga aylanmoqda. Xususiy sektorni qo‘llab-quvvatlash va himoya qilish bo‘yicha qabul qilingan chora-tadbirlar natijasida 2019-yilning birinchi choragida yangi turistik tashkilotlarning soni 111 taga ko‘paydi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Bu haqda poytaxtdagi Milliy matbuot markazida tashkil etilgan “O‘zbekiston – sayyohlik biznesi uchun yangi imkoniyatlar” mavzusidagi matbuot anjumanida ma’lum qilindi.

– 2018-yilda 2017-yilga nisbatan O‘zbekistonga tashrif buyurgan xorijiy sayyohlar soni ikki baravar ko‘paydi, – deydi O‘zbekiston Xususiy turizm tashkilotlari uyushmasi (AChTO) raisi Gulchehra Isroilova. – Agar 2017-yilda O‘zbekistonga kelgan xorijiy fuqarolar soni 2,7 million kishini tashkil etgan bo‘lsa, 2018-yilda ularning umumiy soni 5,3 million kishidan oshdi. Uzoq chet mamlakatlardan kelayotgan sayyohlarning eng ko‘p o‘sishi AQShda kuzatilgan. Bu davlatdan O‘zbekistonga kelgan fuqarolarning soni 8 baravar oshdi. Bundan tashqari, Janubi-Sharqiy Osiyodagi aholining yurtimizga bo‘lgan qiziqishini kuzatish quvonarli. Indoneziya va malayziyalik sayyohlar O‘zbekistonni ziyorat turizmiga umid beruvchi mamlakat deb hisoblaydi.

2019-yilning birinchi choragida mamlakatga 1,4 millionga yaqin sayyoh kelgan. O‘sish sur’atlari o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 972,3 ming kishiga ortgan.

Ushbu tendensiyalar va miqdoriy ko‘rsatkichlar turizm infratuzilmasi obyektlarining rivojlanishiga ham ta’sir ko‘rsatmoqda. Misol uchun, birinchi chorakda yangi 40 ta turar joy obyekti foydalanishga topshirildi.

Umuman olganda, sohaga qaratilgan e’tibor turizm sohasini jadal rivojlantirish va uning infratuzilmasini shakllantirish, hududlarni diversifikatsiya qilish, aholining turmush darajasini yuksaltirish va xalqaro maydonda mamlakatning obro‘sini va investitsion jozibadorligini oshirishga yo‘naltirilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-04-2019, 21:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 94) ( 0) ( 93) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют