» » Fransiyadagi Ibn Sino haykali, rossiyalik blogerdan Bentley yutib olgan o‘zbekistonlik, MIB xodimiga motoarra bilan hujum qilib, qamalgan fuqaro va kunning boshqa xabarlari

Fransiyadagi Ibn Sino haykali, rossiyalik blogerdan Bentley yutib olgan o‘zbekistonlik, MIB xodimiga motoarra bilan hujum qilib, qamalgan fuqaro va kunning boshqa xabarlari


19-aprelning e’tiborga molik yangiliklari — “Daryo” dayjestida.

Fransiyada o‘zbek bog‘i ochildi va Ibn Sino haykali o‘rnatildi.

Fransiyaning Ryuey-Malmezon va Buxoro shaharlari birodarlashganiga 20 yildan oshdi.

Ushbu do‘stlik aloqalari doirasida joriy yil 17-aprel kuni Ryuey-Malmezon shahridagi “Do‘stlik” parkida o‘zbek bog‘i hamda Abu Ali ibn Sino sharafiga yodgorlik haykalining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

***

O‘zbekistonlik yigit rossiyalik blogerdan Bentley mashinasini yutib oldi.

Ma’lum bo‘lishicha, rossiyalik bloger Mixail Litvin o‘zining Bentley mashinasini noodatiy tarzda o‘ynashga qaror qilgan. Uning bellashuv shartiga ko‘ra, kim ko‘proq mashinadan qo‘l uzmay tursa, o‘sha odam g‘olib deb topilgan.

***

Jizzaxda MIB xodimiga motoarra bilan tahdid qilgan shaxs ozodlikdan mahrum qilindi.

Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumanidan bo‘lgan V.Mirzayev Majburiy ijro byurosi tuman bo‘limi davlat ijrochilariga faol qarshilik ko‘rsatishi oqibatida bugun panjara ortida o‘tiribdi.

***

Yunusoboddagi “Asaka bank” filialiga so‘mga almashtirish uchun taqdim etilgan 29 ming yevro qalbaki bo‘lib chiqdi.

Tekshiruv davomida fuqaro A.Z. tomonidan “Asaka bank” Yunusobod filialiga milliy valyutaga ayriboshlash uchun taqdim etilgan 58 dona 500 yevro kupyuralik, jami 29 ming yevro qalbaki ekanligi aniqlangan.

***

Koreya respublikasi prezidenti Mun Chje Inning O‘zbekistonga tashrifi davom etmoqda.

Ko‘ksaroy qarorgohida Mun Chje Inni rasmiy kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston va Koreya Respublikasi muzokaralari yakunlari bo‘yicha hujjatlar imzolash marosimi bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Respublikasi bilan Koreya Respublikasi munosabatlari alohida strategik sheriklik maqomiga ko‘tarildi.

Shavkat Mirziyoyev va Mun Chje In O‘zbekiston – Janubiy Koreya biznes-forumining ochilish marosimida ishtirok etdi.

O‘zbekiston va Janubiy Koreya prezidentlari rafiqalari bilan birga ikki mamlakat san’at ustalarining konsert dasturida ishtirok etdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-04-2019, 21:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 100) ( 0) ( 100) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют