» » O‘zbekiston parlamenti delegatsiyasi MDH PA majlisida qatnashdi

O‘zbekiston parlamenti delegatsiyasi MDH PA majlisida qatnashdi


O‘zbekiston Oliy Majlisi Senati raisi Nig‘matilla Yo‘ldoshev boshchiligidagi parlament delegatsiyasi joriy yil 18—19-aprel kunlari Sankt-Peterburg shahrida bo‘lib o‘tgan MDH ishtirokchi davlatlari Parlamentlararo Assambleyasining Kengashi majlisi va 49-yalpi majlisi ishida ishtirok etdi. Bu haqda Oliy Majlis Senatining axborot xizmati xabar berdi.

2019-yil 18-aprel kuni MDH Parlamentlararo Assambleyasi majlisini o‘tkazish doirasida xalqaro terrorizmga qarshi kurashish bo‘yicha xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tdi.

Konferensiya ochilishida so‘zga chiqqan O‘zbekiston parlamenti delegatsiyasi rahbari global xususiyat kasb etgan va butun xalqaro hamjamiyat manfaatlariga xavf soladigan xalqaro terrorizm hozirgi zamonning eng dolzarb masalalaridan biriga aylanganini ta’kidladi.

O‘zbekiston rahbariyati yuqori minbarlardan jahon jamoatchiligi e’tiborini terrorizmga qarshi kurashishda hamkorlik qilish zarurligiga qaratmoqda va xalqaro hamkorlikni kengaytirish yuzasidan muhim tashabbuslar bilan chiqmoqda.

MDH mamlakatlari parlamentlari a’zolari va xalqaro parlament tuzilmalari e’tiboriga O‘zbekistonning xalqaro terrorizmga qarshi kurashishdagi yondashuvlari yetkazildi. Shu nuqtayi nazardan terrorizm, ekstremizm va radikalizm mafkurasiga qarshi kurashish masalalarida O‘zbekiston nuqtayi nazari o‘zgarmaganligi qayd etildi. Terrorizmga qarshi kurashishning nafaqat kuch ishlatish usullariga, balki ma’rifat, aholida, birinchi navbatda, yoshlarda terrorizm va ekstremizm mafkurasiga barqaror immunitet shakllantirish, uning paydo bo‘lishi uchun shart-sharoit yaratish orqali ham qarshi kurashishga e’tibor qaratildi. Shu munosabat bilan Senat raisi O‘zbekiston Prezidenti Sh.Mirziyoyevning BMT shafeligida Yoshlar huquqlari to‘g‘risida xalqaro konventsiya ishlab chiqish va qabul qilishga doir tashabbusiga e’tibor qaratdi.

Shuningdek, islom dini terrorizmga noto‘g‘ri tenglashtirilishiga, islom dinining sof insoniy jihatlarini ochib berish, nafaqat ilm-fan va madaniyatga, balki butun insoniyat madaniyatining tinch rivojlanishiga beqiyos hissa qo‘shgan buyuk ajdodlarning ko‘p qirrali diniy-ma’naviy merosini o‘rganish zarurligiga ham urg‘u berildi. O‘zbekistonda tashkil etilgan O‘zbekiston Islom akademiyasi va Imom Buxoriy nomidagi Xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi faoliyatida MDH ishtirokchi davlatlari din vakillarining faol ishtirokiga umid bog‘layotgani qayd etildi.

BMT Bosh Assambleyasining sessiyasida Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan 2018-yil 12-dekabrda qabul qilingan “Ma’rifat va diniy bag‘rikenglik” rezolyutsiyasi jahon hamjamiyati tomonidan bir ovozdan qo‘llab-quvvatlangani ta’kidlab o‘tildi.

19-aprel kuni MDH ishtirokchi davlatlari Parlamentlararo Assambleyasining qirq to‘qqizinchi yalpi majlisida kun tartibining avval kelishib olingan masalalari ko‘rib chiqildi va qabul qilindi. Majlisda O‘zbekiston MDH PA konventsiyasini ratifikatsiya qilgani va Assambleyaning to‘la huquqli a’zosiga aylangani e’lon qilindi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-04-2019, 22:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 38) ( 0) ( 37) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют