» » Peruda sobiq prezident Garsiya o‘limi munosabati bilan motam e’lon qilindi

Peruda sobiq prezident Garsiya o‘limi munosabati bilan motam e’lon qilindi


Peru hukumati mamlakatning sobiq prezidenti Alan Garsiyaning o‘limi yuzasidan milliy motam e’lon qildi, deya xabar beradi “Kommersant.ru”.

Davlatning sobiq rahbari davlat mablag‘lari hisobidan dafn etiladi.

Farmonga ko‘ra, barcha muassasalarda, diplomatik missiyalarda, harbiy bazalar hududida, huquqni muhofaza qilish organlari va sudlarda davlat bayrog‘i tushirilgan. Milliy motam 19-aprel kun oxiriga qadar davom etadi.

Alan Garsiya (Peru prezidenti 1985—1990 va 2006—2011-yillar) 17-aprel kuni Lima shahrida vafot etgan. U politsiya tomonidan korrupsiya ishi bo‘yicha hibsga olinish vaqtida kutilmaganda bo‘yniga o‘q uzgan va keyinchalik shifoxonada vafot etgan.

Garsiyaning surishtiruv ishlari Braziliya qurilish kompaniyasi Odebrext atrofidagi korrupsiya janjaldan so‘ng boshlangan. Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, sobiq davlat rahbari shartnomalar bo‘yicha yordam berish evaziga 100 ming dollar miqdorida pul olgan bo‘lishi mumkin. Alan Garsiya o‘zining aybsizligini ta’kidlagan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-04-2019, 22:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 104) ( 0) ( 103) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют