» » Yaponiyada 258 gramm tug‘ilgan chaqaloq tug‘ruqxonadan chiqarildi

Yaponiyada 258 gramm tug‘ilgan chaqaloq tug‘ruqxonadan chiqarildi


Yaponiyada 258 gramm tug‘ilgan chaqaloq tug‘ruqxonadan chiqarildi, deb xabar berdi “RBK”.

Ma’lum bo‘lishicha, chaqaloqning onasi homiladorlik davrida gipertoniyaga chalinganligi sababli bola homiladorlikning 24 haftasida kesarcha kesish yo‘li bilan tug‘ilgan.

Shundan so‘ng bola inkubatorga joylashtirilgan. Shifokorlarning aytishicha, chaqaloq tug‘ilgan paytda uning qon tomirlari juda ingichka bo‘lganligi sababli chaqaloqni parvarishlash qiyin bo‘lgan.

Tug‘ruqxonadan chiqarilayotgan paytda chaqaloq vazni 3,37 kilogramm bo‘lgan.

Shifokorlar ta‘kidlashlaricha, Yaponiyada vazni bir kilogrammdan kam bo‘lgan chaqaloqlarning omon qolish darajasi 90 foizni tashkil etadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-04-2019, 07:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 41) ( 0) ( 39) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют