» » Superliga. “Bunyodkor” safarda Mirjalol Qosimov jamoasini mag‘lub etdi

Superliga. “Bunyodkor” safarda Mirjalol Qosimov jamoasini mag‘lub etdi


20-aprel, shanba kuni futbol bo‘yicha O‘zbekiston Superligasi 5-turining markaziy o‘yinida Mirjalol Qosimov qo‘l ostidagi Olmaliqning OKMK jamoasi o‘z maydonida Toshkentning “Bunyodkor” klubi bilan bahsga kirishdi.

Bellashuvdagi yagona gol 39-daqiqada urildi. Unga “qaldirg‘ochlar” yarim himoyachisi Lutfulla To‘rayev mualliflik qildi. Shu tariqa “Bunyodkor” mehmonda kechgan bahsda OKMKni kichik hisobda mag‘lub etdi va muhim 3 ochkoga ega bo‘ldi.

Ushbu o‘yindan so‘ng toshkentliklar 9 ochko to‘lagan holda musobaqa jadvalida 3-o‘rinda borayotgan bo‘lsa, olmaliqliklar esa 4 ochko jamg‘arib, 11 -pog‘onani band qilib turibdi.

Superliga

5-tur bahsi

20-aprel, shanba

Gol: 0:1 — 39 Lutfulla To‘rayev

OKMK: Akbar To‘rayev, Mirjamol Qosimov (Shahzodbek Nurmatov, 66), Dilshod Jo‘rayev, San’at Shixov, Zafar Polvonov (Jasur Hakimov, 75), Zohir Pirimov (Kamron Saidazimov, 46), Jasur Hasanov, Akmal Shorahmedov, Saydullo Rahmatov, Sherzod Fayziyev, Boburbek Yo‘ldashev

“Bunyodkor”: Murodjon Zuhurov, Islomjon Qobilov, Anvar G‘ofurov, Dilshodbek Ahmadaliyev, Jasur Jaloliddinov (Abdulla Abdullayev, 67), Xurshid G‘iyosov (Bobur Farhodov, 90), Javohir Qahramonov (Ulug‘bek Abdullayev, 82), Lutfulla To‘rayev, Mirjahon Mirahmadov, Sanjar Qodirqulov, Nurillo To‘xtasinov

Ogohlantirishlar: Akbar To‘rayev (31), Mirjahon Mirahmadov (43), Boburbek Yo‘ldoshev (85), Jasur Hakimov (90)

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-04-2019, 19:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 96) ( 0) ( 95) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют