» » Kiyev sudi Zelenskiyni Ukraina prezidentligiga nomzod sifatida ro‘yxatga olishni bekor qilish haqidagi da’voni rad etdi

Kiyev sudi Zelenskiyni Ukraina prezidentligiga nomzod sifatida ro‘yxatga olishni bekor qilish haqidagi da’voni rad etdi


Kiyevning oltinchi apellyatsiya sudi Vladimir Zelenskiyni Ukraina prezidentligiga nomzod sifatida ro‘yxatga olishni bekor qilish haqidagi da’voni rad etdi. Bu haqda Meduza xabar bermoqda.

Mazkur da’vo prezidentlik saylovlaridagi kuzatuvchi, Pyotr Poroshenkoning tarafdori bo‘lgan advokat Andrey Xilko tomonidan kiritilgandi. U Zelenskiyni “Olimpiyskiy” stadionida bo‘lib o‘tgan Poroshenko bilan debatlarga bepul chiptalar taqdim etish orqali saylovchilarni o‘ziga ag‘darib olishda aybladi.

Zelenskiy ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida debatlarga chiptalar tarqatilishini e’lon qilgan edi.

Sud Zelenskiyning hatti-harakatlarida qonun buzilishi alomatlarini topmadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-04-2019, 09:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 89) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют