» » AQSh viza tartibini buzayotgan davlatlarni jazolamoqchi. Ro‘yxatda O‘zbekiston ham bor

AQSh viza tartibini buzayotgan davlatlarni jazolamoqchi. Ro‘yxatda O‘zbekiston ham bor


Oq Uyda AQShda viza muddati o‘tib ketgandan keyin ham fuqarolari noqonuniy ravishda qolayotgan davlatlarga nisbatan viza siyosatini kuchaytirish masalasini muhokama qilinmoqda. Bu haqda Forum Daily xabar berdi.

The Wall Street Journal gazetasi fuqarolari AQShga biznes va sayyohlik vizasini (B1/B2 toifali) olib, muddatidan ortiq qolib ketayotgan davlatlarga cheklovlar qo‘yish mumkin bo‘lgan material e’lon qilgan.

Ushbu davlatlar uchun ular AQShda fuqarolarining qolish muddatini qisqartirish va AQSh vizalarini olish jarayonini murakkablashtirish, shuningdek, to‘lovlarning narxini oshirish masalalari ko‘rib chiqilmoqda.

Politico nashrining yozishicha, yangi qonunlar prezident farmoni bilan joriy qilinishi mumkin.

AQSh Ichki xavfsizlik departamentining 2017-yilgi statistikasiga ko‘ra, AQShda qolish shartlarining 0,35 foizi AQShga vizasiz kelish tizimiga ega davlat fuqarolari tomonidan buzilgan.

AQShga kirish uchun viza talab qilinadigan davlatlarda esa bu ko‘rsatkich 1,86 foizni tashkil etgan.

Almashinuv dasturi bo‘yicha kelgan talabalar va xorijliklar uchun bu ko‘rsatkich 3,73 foiz.

2017-yilgi AQShda viza tartibini buzgan MDH davlarining foizdagi ko‘rsatkichi:

AQShda viza tartibini buzayotgan eng ko‘p xorijliklar Afrika va Yaqin Sharq fuqarolari hisoblanadi. Xususan, Jibuti uchun bu ko‘rsatkich 44 foizni, Yaman uchun 28 foizni hamda Suriya uchun 17 foizni tashkil qiladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-04-2019, 10:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 74) ( 0) ( 72) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют