» » Hozirjavob poytaxtliklar IIBB xodimlariga fuqaroni topishga yordam berdi

Hozirjavob poytaxtliklar IIBB xodimlariga fuqaroni topishga yordam berdi


Kecha Toshkent shahar IIBB saytida 93 yoshli Klara Saidovnaga yo‘qolgan pasportini topshirishda ko‘mak so‘rab murojaat qoldirildi, deya xabar beradi IIBB matbuot markazi.

Shayxontohur tumani Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘limi bir necha bor Klara Saidovna yashagan manzilga pasportini topshirish uchun tashrif buyurgan, ammo Klara Saidovna u yerda bo‘lmagan.

Ushbu e’lon hech kimni befarq qoldirmagan, u Facebook va Telegram’dagi guruhlarda bo‘lishilgan. Kimligini sir saqlashni lozim deb topgan qiz Klara Saidovnaning ayni damda uydaligini ma’lum qilgan. Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘limi xodimlari manzilga tashrif buyurgan. Klara Saidovna uyining ostonasi tagida ichki ishlar xodimlarini ko‘rib qolishni kutmagan ayol baxtdan quvonib ketgan va barchaga minnatdorlik bildirgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-04-2019, 11:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 73) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют