» » Superliga. Ulug‘bek Baqoyevning “So‘g‘diyona”dagi debyuti omadli chiqdi, jizzaxliklar “Metallurg”ni mag‘lub etdi

Superliga. Ulug‘bek Baqoyevning “So‘g‘diyona”dagi debyuti omadli chiqdi, jizzaxliklar “Metallurg”ni mag‘lub etdi


21-aprel, yakshanba kuni futbol bo‘yicha O‘zbekiston Superligasi 5-turidan o‘rin olgan so‘nggi bellashuv bo‘lib o‘tdi.

Unda Jizzaxning “So‘g‘diyona” jamoasi o‘z uyida Bekobodning “Metallurg”ini qabul qilib, 2:1 hisobida g‘alaba qozondi. Mezbonlar safida Shohruz Norxonov hamda Elyor Orifov o‘z hisobiga bittadan gol yozdirib qo‘ygan bo‘lsa, mehmonlarning yagona javob goli Bahodir Pardayev hisobiga yozildi.

Shu tariqa yaqindagina Sergey Lushchan o‘rniga jamoa bosh murabbiyiga aylangan Ulug‘bek Baqoyevning “So‘g‘diyona”dagi debyuti omadli chiqdi. Jizzaxliklar mazkur g‘alabadan so‘ng ochkolari sonini 6 ochkoga yetkazib, 8-o‘ringa ko‘tarilib oldi. “Metallurg” esa 7 ochko bilan 5-o‘ringa joylashdi.

Superliga

5-tur bahslari

21-aprel, yakshanba

Gollar: 1:0 — 25 Shohruz Norxonov, 2:0 — 64 Elyor Orifov, 2:1 — 76 Bahodir Pardayev.

“So‘g‘diyona”: Shirinboy Abdullayev, Sardor Qulmatov, Iskandar Shoyqulov, Elyor Orifov, Kaxi Maxaradze, Nuriddin Hasanov (Izzat Abdullayev, 46), Sanjar Rashidov (Jamshid Boltaboyev, 78), Oybek Nurmatov (Sahob Rashidov, 56), Shohruz Norxonov, Nikola Milinkovich, Shahboz Jo‘rabekov.

“Metallurg”: Zafar Safoyev, Abbos Otaxonov, Bahrom Abdurahimov, Zohid Abdullayev (Bahodir Pardayev, 67), Muzaffar Muzaffarov (Islombek Isoqjonov, 56), Shavkat Mullajonov, Kamoliddin Tojiyev, Stanislav Andreyev, Andrey Shipilov, Akbar Ismatullayev, Sergey Tumasyan.

Ogohlantirishlar: Sergey Tumasyan 35, Sardor Qulmatov 36, Andrey Shipilov 68

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-04-2019, 21:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 61) ( 0) ( 60) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют