» » Superliga. “Navbahor” 2 ta gol farqi bilan oldinda borib, yakunda “So‘g‘diyona”ga mag‘lub bo‘ldi, “Bunyodkor” esa yana g‘alaba qozondi

Superliga. “Navbahor” 2 ta gol farqi bilan oldinda borib, yakunda “So‘g‘diyona”ga mag‘lub bo‘ldi, “Bunyodkor” esa yana g‘alaba qozondi


Bugun, 11-aprel sanasida futbol bo‘yicha O‘zbekiston Superligasi bahslarining 6-turiga start berildi.

Kun taqvimidan uchta uchrashuv o‘rin olgandi. Ulardan ikkitasi o‘z nihoyasiga yetdi.

Jizzaxda “So‘g‘diyona” hamda Namanganning “Navbahor” jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv mezbonlarning irodali g‘alabasi bilan yakunlandi. “Navbahor” 2 ta gol farqi bilan oldinda borib, yakunda o‘z darvozasidan 3 ta olib chiqdi va mag‘lub bo‘ldi. Shu tariqa yaqinda bosh murabbiylikka tayinlagan Sergey Lushchanning “So‘g‘diyona”dagi debyuti omadli chiqdi.

Ikkinchi o‘yin Toshkentda “Bunyodkor” va Bekobodning “Metallurg” jamoalari o‘rtasida kechdi. Bellashuv taqdiri ikkinchi bo‘limda hal etildi. Superliga karvonboshisi “Bunyodkor” mehmonlar darvozasini uch marta ishg‘ol qilgan bo‘lsa, “Metallurg” bunga faqat bitta gol bilan javob qaytara oldi. Shu tariqa Mirjalol Qosimov shogirdlari o‘z peshqadamligini yanada mustahkamlab oldi.

Ayni damda turning markaziy uchrashuvi Qarshida “Nasaf” hamda “Lokomotiv” jamoalari o‘rtasida kechmoqda.

Superliga

6-tur bellashuvlari

11-aprel, chorshanba

Gollar: 0:1 — 3 Zohir Pirimov. 0:2 — 38 Azizbek Turg‘unboyev. 1:2 — 78 Jahongir Abdumo‘minov. 2:2 — 80 Dilmurod Karimov. 3:2 — 90 Izzat Abdullayev.

 Gollar: 1:0 — 56 Shahzodbek Nurmatov. 2:0 — 67 Sardor Sobirxo‘jayev. 2:1 — 82 Shahzod Shaymanov. 3:1 — 85 Javlon Ibrohimov.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-04-2018, 20:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 59) ( 0) ( 58) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют