» » O‘zbekistondagi pochta bo‘limlarida gaz uchun to‘lov qilgan iste’molchilardan foiz ushlab qolinmoqda

O‘zbekistondagi pochta bo‘limlarida gaz uchun to‘lov qilgan iste’molchilardan foiz ushlab qolinmoqda


Keles tumanlararo pochta aloqa bog‘lamasiga qarashli Sho‘ro bozor aloqa bo‘limiga borganda fuqarolarning mazkur tizim bilan bog‘liq noroziligiga sabab bo‘layotgan holatga guvoh bo‘ldik. Bu haqda “Huquq” nashri xabar bermoqda.

Joylardagi pochta bo‘limlarida fuqarolardan iste’mol qilingan elektr va gaz uchun to‘lovlar qabul qilinadi. Lekin iste’mol qilingan gaz uchun to‘langan pul 100 foiz iste’molchi hisob raqamiga tushmas ekan.

Keles tumanlararo pochta aloqa bog‘lamasining ma’lum qilishicha, fuqarolar elektr energiyasi uchun to‘langan pullar yuz foiz iste’molchining hisob raqamiga o‘tkaziladi va pochta tarmoqlari orqali to‘langan pul mablag‘larining 4 foizi xizmat haqi hisobiga elektr tarmoqlari korxonasi tomonidan pochtaga beriladi. Ammo gaz uchun to‘langan mablag‘ iste’molchining hisob raqamiga o‘tkazib berilishida pochtada 2 foiz xizmat haqi ushlab qolinar ekan.

— Pochta bo‘limiga gaz uchun 1 million 700 ming so‘m to‘ladim. Lekin shu puldan pochta xodimlari 34 ming so‘mini ushlab qolib, qolganini hisob raqamimga o‘tkazishibdi, — deydi Sho‘ro bozor aloqa bo‘limi orqali iste’mol qilingan gaz uchun to‘lov qilgan fuqaro Zuhra aya. — Nima uchun xizmat haqi fuqarolardan ushlab qolinmoqda? Axir pochta bo‘limiga o‘zimiz kelib to‘lovni amalga oshirgan bo‘lsak?

— Pochta bo‘limi uyimga yaqin bo‘lgani uchun elektr va gaz pullarini shu yerga to‘layman — deydi shu hududda yashovchi fuqaro Yo‘ldosh Asomov. — Bu yil tabiiy gaz uchun har oyda 300-350 ming so‘m to‘lov qildim. O‘tgan yil yozda esa 100 ming so‘m atrofida to‘lovni amalga oshirganman. Ayni vaqtdagi narx-navodan kelib chiqadigan bo‘lsak, bir yilda o‘rtacha tabiiy gaz uchun 2,5-3 million so‘m to‘layman. Ammo shundan 50-60 ming so‘mini pochta olib qo‘ydi. Nima uchun pochtaning xizmat haqi iste’molchidan olinishi kerak?

Ma’lum bo‘lishicha, 2017-yil 7-iyulida “O‘zbekiston pochtasi” AJ  va “O‘ztransgaz” AK o‘rtasida aholidan tabiiy gaz to‘lovlarini qabul qilish xizmati bo‘yicha kelishuv tuzilgan. Unga ko‘ra, pochtaning hududiy filiallari aholidan iste’mol qilingan tabiiy gaz uchun to‘langan summaning 0,1 foizini xizmat haqi qilib olishi belgilangan. Ammo bu foiz pochtaga kamlik qilgan shekilli, 2018-yilning 6-fevral kuni ushbu kelishuvga o‘zgartirish kiritilib, yana bir qo‘shimcha kelishuv imzolangan va 0,1 foiz xizmat haqi 2 foizga oshirilgan.

Savol tug‘iladi: xizmat haqi nima uchun oshirildi va iste’molchidan to‘lov uchun foiz olib qolinishi qanchalar asosli?



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-04-2019, 21:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 51) ( 0) ( 51) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют