» » Shri-Lanka politsiyasi terroristik hujumlar ishi bo‘yicha 24 kishini hibsga oldi

Shri-Lanka politsiyasi terroristik hujumlar ishi bo‘yicha 24 kishini hibsga oldi


Shri-Lankada katoliklarning Pasxa kuni sodir bo‘lgan portlashlar sababli yigirma to‘rt kishi hibsga olingani haqida “Interfaks” xabar berdi.

Dambulla shahridagi mehmonxonada dushanba kuni ikki kishi hibsga olingan. Hibsga olish 21-aprel kuni sodir bo‘lgan portlashlar bilan bog‘liq. Politsiya hujumlarga aloqador 24 nafar gumondorlarni qo‘lga olgan.

Avval 13 nafar hibsga olinganlar haqida xabar berilgandi. Politsiya, shuningdek hujumchilarni o‘z mashinasida olib yurgan haydovchini ham hibsga olgan.

Mudofaa vaziri Ruvan Vijevardena avvalroq portlashlarni diniy ekstremistlarning terroristik harakati deb atagan. Uning so‘zlariga ko‘ra, portlashlarning aksariyati hudkushlar tomonidan amalga oshirilgan.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, portlashlarda halok bo‘lganlarning soni 290 kishini tashkil etgan, 500 kishi jarohat olgan.

Shri-Lankada yakshanba kuni to‘qqizta portlash sodir bo‘lgan. Hujum obyektlari poytaxt Kolombo va uning atrofidagi qimmat mehmonxonalar, shuningdek Kolombo, Negombo va Battikaloa shaharlaridagi cherkovlar edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-04-2019, 11:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 104) ( 0) ( 102) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют