» » Karlos Gonga Nissan mablag‘larini o‘zlashtirganlik yangi ayblovi qo‘yildi

Karlos Gonga Nissan mablag‘larini o‘zlashtirganlik yangi ayblovi qo‘yildi


22-aprel kuni Tokio prokuraturasi Renault—Nissan—Mitsubishi avtomobil alyansining sobiq rahbari Karlos Gonga Nissan konserni mablag‘larini qonunga xilof ravishda talon-toroj qilganlik ayblovi qo‘yildi, deya xabar beradi “TASS”.

Qayd etilishicha, Gon mablag‘larni Ummondagi yengil avtomobil sotadigan firma nomiga millionlab dollar pulni o‘tkazish yo‘li bilan o‘g‘irlagan bo‘lishi mumkin.

Dushanba kuni sud tomonidan tayinlangan Karlos Gonning qamoq muddati tugaydi. Ilgari unga Nissan mablag‘larini noqonuniy ishlatish bo‘yicha uchta ayblov qo‘yilgan edi.

Yangi ayblov Gonni qamoqxonada saqlab qolish imkonini beradi, biroq sobiq menejerning advokatlari sudga uni darhol garovga qo‘yib yuborishni talab qiladigan da’vo qilishni rejalashtirmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-04-2019, 17:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 25) ( 0) ( 22) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют