» » Bojxonachilar qariyb 3,5 mlrd somlik sifati kafolatlanmagan dori vositalari va tibbiyot buyumlarini fosh etdi

Bojxonachilar qariyb 3,5 mlrd somlik sifati kafolatlanmagan dori vositalari va tibbiyot buyumlarini fosh etdi


Bojxona xodimlari sifati kafolatlanmagan dori vositalari va tibbiyot anjomlarining noqonuniy aylanmasiga qarshi keskin kurash olib bormoqda, deb xabar beradiDavlat bojxona qomitasiAxborot xizmati.

Joriy yilning 2021-aprel kunlari Davlat bojxona qomitasi Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish boshqarmasi xodimlari tomonidan ana shu kabi yirik qonunbuzarlik holatlari fosh etildi. Samarqand viloyati Bulungur tumanida otkazilgan tezkor tadbirda fuqaro Z.X. boshqaruvida bolgan Nexiarusumli avtoulov kozdan kechirilganda, muqaddam qoshni davlatdan aylanma yollar orqali Navoiy viloyatiga olib kelingan 10,6 ming donadan ortiq dori vositalari va 64 dona elektr hisoblagichlar borligi aniqlandi.

Mazkur avtoulov bilan birgalikda Toshkent shahri tomon harakatlanayotgan, fuqaro M.Q. boshqaruvidagi yana birNexia rusumli avtoulov ham tezkor kuzatuvga olindi. Avtomashinadagi yuklar Zangiota tumanidagi xonadonlardan biriga tushirilayotgan vaqtda, davlat bojxona xizmati organlari xodimlarini korib qolgan shaxs darrov rulga otirib, qochishga urindi.

Uning qochishga urinishi bekorga emas ekan. Ushbu yuklar tushirilayotgan xonadon kozdan kechirilganda esa bu yerda hech qanday hujjatlari bolmagan 1081 dona dori vositalari, 330 kg mis, 49 dona elektr hisoblagichlar borligi aniqlandi.

Ushbu shaxs tezkor tadbir davomida Sirdaryo viloyatining Mirzaobod tumanida ashyoviy dalillar bilan bojxonachilar tomonidan qolga olindi.

Uning boshqaruvidagi avtomashina kozdan kechirilganida, avtomashinada hech qanday hujjatlari bolmagan 14 685 dona tibbiyot buyumlari va dori vositalari, alkogolli ichimliklar uchun moljallangan 400ming dona qalbaki aksiz markalari, 830 dona bolalar sorgichi va 36 dona elektr hisoblagichlar borligi aniqlandi.

Yuqoridagi tezkor tadbir natijasida umumiy qiymati taxminan 1,9 mlrd. somlik xorijda ishlab chiqarilgan tovar-moddiy boyliklarning ichki hududda noqonuniy aylanishi oldi olindi.

Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish bolimi xodimlari ham shu kabi qonunbuzarlik holatini fosh etishdi. NamanganToshkent yonalishi boylab harakatlanayotgan fuqaro X.G. boshqaruvidagi yuk avtoulovi Toshkent viloyati Ohangaron tumanida toxtatilib kozdan kechirildi.

Natijada, ushbu yuk avtomashinasida fuqaro M.Yu. tomonidan olib ketilayotgan, muqaddam qoshni davlatdan aylanma yollar orqali olib kirilgan qiymati taxminan 1,5 mlrd. somlik 11,7 ming donadan ortiq Herbalife brendiga tegishli kosmetika vositalari, biologik faol qoshimchalar va boshqa xojalik mollari borligi aniqlandi.

Qoraqalpogiston Respublikasi bojxona boshqarmasi xodimlari tomonidan fosh etilgan bojxona qonunbuzilishi holatida esa SaratovToshkent xalqaro yonalishidagi poyezd yolovchisi, fuqaro X.O.ning qingir qilmishlari fosh etildi. Ushbu shaxs xorijda ishlab chiqarilgan, qiymati 75 mln. somlik 3000 dona Ketgut nomli jarrohlikda foydalaniladigan tibbiyot iplarini perronda noqonuniy tushirib qoldirayotgan vaqtida toxtatib qolindi.

Raqamlarga murojaat qilsak, 2019-yilning otgan davri mobaynida davlat bojxona xizmati organlari tomonidan 210 ta huquqbuzarlik holatida 9,5 mlrd. somlik sifati kafolatlanmagan tibbiyot buyumlari va dori vositalari ashyoviy dalil sifatida olib qoyilgan.

Hozirda yuqoridagi holatlar yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.



Manba: Daryo.uz
: admin (22-04-2019, 18:59)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 5) ( 0) ( 3) ( 2)
:
-
:
20 ... -