» » Ozbekistonda erkaklar va ayollar uchun nikoh yoshi tenglashtiriladi

Ozbekistonda erkaklar va ayollar uchun nikoh yoshi tenglashtiriladi


Bola huquqlari kafolatlarini yanada kuchaytirishga oid qoshimcha chora-tadbirlar togrisidagi Prezident qarori qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligining Huquqiy axborot Telegram-kanalida xabar berildi.

Qarorga muvofiq quyidagilar belgilandi:

-ota-ona qaramogisiz qolgan bolalarga munitsipal va aniq maqsadli kommunal uy-joy fondidagi ozlari yashab turgan turar joylarni ular Mehribonlik uylariga joylashtirilgan, vasiylikka yoki homiylikka oluvchi bilan birga yashayotgan butun vaqt mobaynida, on sakkiz yoshga tolgunga qadar bronlashtirish huquqi beriladi;

-bolalarning royxatda turish joyi va fuqaroligidan qati nazar, ularga barcha ijtimoiy xizmatlar korsatiladi;

-bolalarning davlat organlariga bevosita qilgan murojaatlarini toliq korib chiqish kafolatlanadi va bola toliq muomala layoqatiga ega emasligi vajlari bilan bu turdagi murojaatlarni kormasdan qoldirishga yol qoyilmaydi;

-14 yoshga tolgan bola ozining taminoti uchun bir vaqtning ozida ota-onaning har ikkalasidan qonunda belgilangan miqdorda aliment undirish togrisida davo qozgatishga haqli;

-bolalarni himoya qilish maqsadida sudlarga ariza bilan murojaat qilgan davogar davlat boji va boshqa tolovlarni tolashdan ozod qilinadi.

Inson huquqlari boyicha vakili (ombudsman) orinbosari Bola huquqlari boyicha vakil lavozimi joriy etildi.

2019-yil 1-sentabrdan erkaklar va ayollar uchun nikoh yoshi on sakkiz yosh etib belgilandi.

2019/2020-oquv yilidan boshlab oliy talim muassasalariga abituriyentlarni qabul qilishning umumiy sonidan Mehribonlik uyi va Bolalar shaharchasining bitiruvchilari bolgan chin yetimlar uchun qoshimcha ravishda bir foizgacha davlat granti asosidagi qabul kvotalari ajratiladi.

Davlat statistika qomitasiga onalik va bolalikka oid statistik malumotlarni stat.uz veb-saytiga joylashtirishni va malumotlarni doimiy ravishda yangilab borish vazifasi yuklandi.

Yetim bolalar va ota-ona qaramogidan mahrum bolgan bolalarni ijtimoiy himoyalash togrisidagi qonun ishlab chiqiladi.



Manba: Daryo.uz
: admin (22-04-2019, 20:44)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 11) ( 0) ( 8) ( 3)
:
-
:
20 ... -