» » Navoiyda “Vatanparvar” instruktoriga 2,5 yil axloq tuzatish ishlari jazosi tayinlandi

Navoiyda “Vatanparvar” instruktoriga 2,5 yil axloq tuzatish ishlari jazosi tayinlandi


Otabek (ism  o‘zgartirilgan) Xatirchi tumani “Vatanparvar” korxonasida o‘rgatuvchi instruktor lavozimida ishlab keladi va o‘zini fuqarolarga haydovchilik guvohnomasini yangilab berishga qodir shaxs sifatida ko‘rsatadi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Shu tariqa bir kuni u Botirga haydovchilik guvohnomasini Navoiy viloyat IIB xodimlari orqali yangilab berishni aytadi va IIBning mansabdor shaxslarni rozi qilish evaziga unga haydovchilik guvohnomasini yangilab berishini aytadi.

Botir esa Otabekning bu talabi jinoyat ekanini tushunib, uning jinoyatiga chek qo‘yish maqsadida huquqni muhofaza qiluvchi idoralarga murojaat qiladi.

2019-yilning 9-yanvar kuni Otabek Xatirchi tumanida yashovchi Botirdan 200.000 so‘m miqdordagi pullarni olgan vaqtida IIV O‘XB Navoiy viloyati bo‘limi xodimlari tomonidan ashyoviy dalillar bilan ushlanadi.

Sud tomonidan Otabek JKning 28, 211-moddasi 1-qismi va 168-moddasi 1-qismida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybdor deb topilib, unga nisbatan 2 yilga mansabdorlik va moddiy javobgarlik lavozimlarida ishlash huquqidan mahrum qilish, 2 yil 6 oyga axloq tuzatish ishlari jazosi tayinlandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-04-2019, 22:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 85) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют