» » Namanganda IIB tergovchisiga 500 dollar berishga uringan shaxs qo‘lga olindi

Namanganda IIB tergovchisiga 500 dollar berishga uringan shaxs qo‘lga olindi


2019-yilning 30-yanvar kuni Namangan shahar IIO FMB 4-son IIB Tergov bo‘linmasi katta tergovchisi Otabek Jalolov viloyat IIB boshlig‘i nomiga bildirgi bilan murojaat qildi. Bu haqda “Daryo”ga Namangan viloyat IIB matbuot xizmati ma’lum qildi.

Unda ish yurituvida bo‘lgan shaxsga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi bo‘yicha tergov harakatlari olib borish davomida mazkur jinoyatni sodir etishda ishtiroki aniqlangan A.J.ni ko‘rsatma olish uchun chaqirtirgan vaqtda o‘zini uning yaqin tanishiman deb tanishtirgan “Zokir” ismli shaxs u bilan birga xizmat xonasiga kelib, jinoyat ishining A.J. oid qismini tugatib berish evaziga 500 AQSh dollari berishni taklif qilganligini bildirilgan.

O.Jalolovning bildirgisiga asosan shu kunning o‘zida viloyat prokuraturasi, IIV O‘XB Namangan viloyati bo‘yicha bo‘limi, tergov, EKB va kadrlar boshqarmasi xodimlari hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazildi. “Zokir” ismli shaxs Jalolovning xizmat xonasida 450 AQSh dollarini pora tariqasida bergan paytda ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Tergovga qadar tekshiruv davomida ushbu shaxs Namangan shahridagi “Tinchlik” mahallasida yashovchi Z.R. ekanligi aniqlandi. U tomonidan pora tariqasida berilgan 450 dollar xolislar ishtirokida tekshirib ko‘rish uchun olingan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan Namangan shaxar prokuraturasi tomonidan JKning 211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-02-2019, 22:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 72) ( 0) ( 70) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют