» » 25 yashar namanganlik yigit Toshkent IIBB so‘roviga binoan Rossiyada qo‘lga olindi

25 yashar namanganlik yigit Toshkent IIBB so‘roviga binoan Rossiyada qo‘lga olindi


Toshkent shahar IIBB xodimlari chet davlatlardagi hamkasblari bilan yo‘lga qo‘yilgan hamkorliklari natijasida jinoyat sodir etib boshqa davlatlar hududida sud va tergovdan yashirinib yurgan shaxslar aniqlanmoqda. Bu haqda IIBB matbuot xizmati ma’lum qildi.

O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi (“O‘g‘rilik”) va 227-moddasida (“Hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalarni, avtomototransport vositalarining va ular tirkamalarining (yarim tirkamalarining) davlat raqam belgilarini egallash, nobud qilish, ularga shikast yetkazish yoki ularni yashirish”) ko‘zda tutilgan jinoyatni sodir etganligi uchun 25 yoshli namanganlik Islomjon I. 21-aprel kuni Rossiya hududida IIBB so‘roviga ko‘ra qo‘lga olindi.

Unga nisbatan Sergeli tumani IIO FMB tomonidan qidiruv e’lon qilingandi.

Qo‘lga olingan shaxsga nisbatan sud hibsga olish ehtiyot chorasini qo‘lladi. U O‘zbekistondan chetda bo‘lganiga qaramay turar joyi Rossiya huquq-tartibot idoralari ko‘magida aniqlandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-04-2019, 08:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 92) ( 0) ( 91) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют