» » Buyuk Britaniyada anomal kichiklikdagi chaqaloq tug‘ildi

Buyuk Britaniyada anomal kichiklikdagi chaqaloq tug‘ildi


Buyuk Britaniyaning Glostershir grafligida shifokorlar anomal kichiklikdagi chaqaloqni dunyoga keltirdi, deb yozadi The Sun.

Ma’lum bo‘lishicha, homiladorlikning beshinchi oyligida shifokorlar Kim Braunga ona va bola hayotiga jiddiy xavf tug‘diruvchi, homiladorlarning olti foizida uchraydigan preeklamsiya kasalligi tashxisini qo‘ygan.

Tekshiruvlar natijasida homila to‘rt oylik paytidanoq o‘smay qo‘ygani qayd etilgan.

Ertasi kuni shifokorlar bolaning yurak urishi sekinlashganini aniqlagan. 2018-yilning 14-iyun kuni Baurnga kesarcha favqulodda kesish amaliyoti o‘tkaziladi va og‘irligi 346 gramm bo‘lgan Izabella Evans dunyoga keladi.

Qizcha inkubatorga joylangan.

“Uch oylik paytida unga kichkinagina kiyim kiydirdim. Uning kattaligi  telefonimdan ham kichikroq edi”, — deb xotirlaydi uning onasi.

Oradan uch hafta o‘tgach Evansning ichaklariga zarar etganini aniqlaydi. Chaqaloq uch oylik farq bilan ikki marta operatsiya qilingan.

Yarim yildan so‘ng, 2018-yilning 16-dekabr kuni Evans tug‘ruqxonadan chiqarilgan. Chaqaloq 10 oylik bo‘lganida uning vazni to‘rt kilogrammga yetgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-04-2019, 09:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 32) ( 0) ( 30) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют