» » Yoshlar ittifoqi 380 nafar qashqadaryolik talabaning bir milliard so‘mdan ortiq to‘lov-shartnoma pulini to‘lab berdi

Yoshlar ittifoqi 380 nafar qashqadaryolik talabaning bir milliard so‘mdan ortiq to‘lov-shartnoma pulini to‘lab berdi


Joriy o‘quv yilida Yoshlar ittifoqi Qashqadaryodagi Oliy ta’lim muassasalarida tahsil oluvchi 380 nafar talabaning jami 1 milliard 128 million 523 ming so‘m miqdordagi to‘lov-shartnoma pullarini to‘lab berdi. Bu haqda “Daryo”ga Yoshlar ittifoqining Qashqadaryo viloyat kengashi matbuot xizmati rahbari Ahror Sodiqov ma’lum qilmoqda.

Qarshi shahrida ayni shu munosabat bilan o‘rtacha o‘zlashtirishi 86 foizdan yuqori bo‘lgan hamda muddatli harbiy xizmatni o‘tab imtiyozli ravishda o‘qishga qabul qilingan talabalar uchun to‘lov-shartnoma pulining 35 foizini to‘lab berilishiga bag‘ishlangan sertifikat topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Taqdirlash marosimida O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Qashqadaryo viloyat Kengashi raisi Shomurod Sattorov, Oliy ta’lim muassasalari rektorlari, sertifikatlarni olishga muyassar bo‘lgan 380 nafar talaba-yoshlar hamda ularning ota-onalari ishtirok etdi.

— O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 5-iyuldagi “Yoshlarga oid davlat siyosati samaradorligini oshirish va O‘zbekiston yoshlar ittifoqini qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida”gi farmonida belgilab berilgan ustuvor vazifalarning ijrosini ta’minlash maqsadida 2017-yildan boshlab O‘zbekiston yoshlar ittifoqini Oliy ta’lim muassasalarida a’lo baholarda tahsil olib, tashkilotning faol a’zosi bo‘lgan talaba-yoshlarga bir yillik to‘lov-shartnoma pulining 35 foizi Yoshlar ittifoqi tomonidan to‘lanib kelinmoqda, — deydi Ittifoqning viloyat Kengashi bo‘lim mudiri Ulug‘bek Sultonov.

Ma’lum qilishlaricha, ushbu imtiyozning berilishida talaba-yoshlarning tashkilot tizimida amalga oshirgan ishlari, faolliklari, jamiyat rivojiga qo‘shgan hissasi alohida inobatga olingan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-04-2019, 11:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 95) ( 0) ( 93) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют