» » Surxondaryolik firibgar MIB xodimiga ozini hamkasbi sifatida tanishtirib, pul undirmoqchi boldi

Surxondaryolik firibgar MIB xodimiga ozini hamkasbi sifatida tanishtirib, pul undirmoqchi boldi


Surxondaryo viloyatining Muzrabot tumanida yashovchi, vaqtincha hech qayerda ishlamaydigan Tora Qiyomov (ism-shariflar ozgartirilgan) ozini MIB Termiz tumani bolimi xodimi sifatida tanishtirib, ushbu idoraning Muzrabot tumani bolimi davlat ijrochisi Sohib Pardayevni chuv tushirmoqchi boldi. Bu haqda OzA xabar berdi.

S.Pardayev ish yurituvidagi mavjud ijro hujjati boyicha T.Qiyomovning yashash uyiga bordi. Xodimni kutib olgan singlisi T.Qiyomovning uyda yoqligini aytgach, u bilan telefon orqali sozlashadi. Telefonda MIB Termiz tumani bolimida ishlayotganini aytgan T.Qiyomov Muzrabot taraflarga borishga vaqti yoqligini malum qilib, hamkasbini Termizga taklif etadi. Shaharga kelib, qongiroq qilsaz, uchrashib, gaplashib olish istagini bildiradi.

S.Pardayev shahar markazidagi Aqlli bekatga kelgach, roparasiga Nexia rusumli yengil mashina kelib toxtadi. Old orindiqda T.Qiyomov yashil rangdagi prokuratura formasida savlat tokib otirgan edi. Mezbonning taklifi bilan birgalikda Afrodita oshxonasiga bordi. Shu yerda u Majburiy ijro byurosida ishlayotganini yana alohida takidlab, ust-boshining changini artgan boldi.

Yaqinda unvon oldim, dedi bamaylixotir. Rahbarlar bilan yaxshi munosabatdaman. Xizmat ham yomon emas.

Bu gaplarni tinglab otirgan S.Pardayev uddaburon suhbatdoshiga yuzlandi:

Oliy malumotli yaqin tanishim ishga otmoqchi edi.

Mayli, qurugidan sanasa bajaramiz, T.Qiyomovning chehrasi yanada ochildi.

Shu zahoti u tanishi Vali Suvonovni oshxonaga taklif etdi.

Bolajak xodim bilan yaqindan tanishgach, turli savollar bilan uning bilimi va dunyoqarashini sinab korgan ham boldi.

Ishga kiritishning arzimagan xarajati bor. 6 ming dollar olib kelsangiz, hal qilib beraman, dedi 33 yoshdagi prokuror yigit.

S.Pardayev ham anoyi emas ekan. Huquq-tartibot idoralariga murojaat etib, firibgarga nisbatan tegishli chora korishni soradi.

Viloyat ichki ishlar boshqarmasi xodimlari tomonidan otkazilgan tezkor tadbirda T.Qiyomovning siri fosh etildi. U Termiz shahridagi kafeda 3300 dollarni sanab olayotganida qolga tushib qoldi.

Ayni paytda mazkur holat yuzasidan tegishli jinoyat ishi qozgatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.



Manba: Daryo.uz
: admin (23-04-2019, 13:43)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 4) ( 0) ( 3) ( 1)
:
-
:
:
20 ... -