» » Surxondaryoda mijozlarni avtokredit olib berish bahonasida chuv tushirgan bank xodimi ushlandi

Surxondaryoda mijozlarni avtokredit olib berish bahonasida chuv tushirgan bank xodimi ushlandi


Surxondaryo viloyatidagi tijorat banklaridan birida kredit bo‘limi mutaxassisi bo‘lib ishlayotgan Sanjar Nuriyev Muzrabot tumani At-Termiziy mahallasida yashovchi Ashur Choriyevga o‘zini bankning kredit bo‘limi boshlig‘i sifatida tanishtirib, unga Nexia-3 avtomashinasini sotib olishi uchun avtokredit rasmiylashtirib berishni va’da qiladi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Shahardagi Bog‘zor mahallasi hududida uning 21 million 80 ming so‘m pulini olib, o‘zlashtirib ketadi. Hujjatni kutaverib, toqati-toq bo‘lgan A. Choriyev oradan qariyb bir oy o‘tgach bu haqda ichki ishlar bo‘limiga ma’lum qiladi.

Mazkur holat bo‘yicha olib borilgan dastlabki surishtiruv ishlari natijasida S. Nuriyevning boshqa qilmishlari ham fosh bo‘lib qoldi. Jumladan, Termiz shahridagi “Gulira’no” mahallasida yashovchi Bahrom Namozovning 38 million so‘m, Qumqo‘rg‘on tumani “Surxon sohili” mahallasida yashovchi Sobir Mengnorovning 21 million 79 ming so‘m pullarini avtokreditning boshlang‘ich omonatini rasmiylashtirib berish uchun, deya olib o‘zlashtirib ketgani aniqlandi.

Ayni paytda tijorat bankining xodimiga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “b” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-11-2018, 17:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 74) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют