» » Surxondaryoda ikkinchi marta avtomashina olib qochishga uringan shaxs ushlandi

Surxondaryoda ikkinchi marta avtomashina olib qochishga uringan shaxs ushlandi


Surxondaryo viloyati Denov tumanidagi Guliston mahallasida yashovchi X.A tungi soat 22:00 da Surxondiyor mahallasi hududidagi “Orol” oshxonasi oldidan Matiz rusumli avtomashinani olib qochdi, deb xabar beradi O‘zA.

Namozgoh mahallasida yashovchi E.Ermo‘minov mazkur avtoulov olib qochilgani haqida tuman ichki ishlar bo‘limiga xabar berdi.

“Viloyat bo‘yicha e’lon qilingan ‘to‘sib ushlash’ tadbiri tufayli muqaddam ana shunday qilmishi uchun sudlangan X.A uzoqqa qochib keta olmadi”, — deyiladi xabarda.

Ikkinchi marta avtomashina olib qochishga uringan 26 yoshli daliliy ashyo bilan qo‘lga olindi. Unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, joriy yilning o‘tgan davrida Surxondaryo viloyatida transport vositasini o‘g‘rilash bo‘yicha bitta, olib qochish bilan bog‘liq 13 ta jinoyat sodir etilgan. Ko‘rilgan tezkor chora-tadbirlar natijasida ularning barchasi fosh etilgan.

Опубликовано: admin (7-12-2017, 16:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 117) ( 0) ( 115) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют