» » Toshkent viloyatida bir haftada qidiruvdagi 21 nafar shaxs qo‘lga olindi

Toshkent viloyatida bir haftada qidiruvdagi 21 nafar shaxs qo‘lga olindi


Toshkent viloyati ichki ishlar boshqarmasi tomonidan joriy yilning 26-oktabridan 2-noyabriga qadar hududda sodir etilgan 136 ta jinoyatning 122 tasi fosh etildi. Odam savdosi, avtotransport vositasini olib qochish, firibgarlik, o‘g‘rilik jinoyatlarini sodir etib, sud va tergovdan qochib yurgan 21 nafar shaxs ushlandi, deb xabar berdi O‘zA.

Aniqlanmagan 11 ta jinoyat bo‘yicha aybdorlarni qidirib topish va ularni qonun doirasida javobgarlikka tortish choralari ko‘rilmoqda. Chinoz va Yuqori Chirchiq tumanlarida badanga og‘ir shikast yetkazish va avtotransport vositasini olib qochish kabi jinoyatlar fosh etildi. Bekobod tumanida fuqarolarning ishonchini suiiste’mol qilib, firibgarlik qilayotgan shaxs qo‘lga olindi. Ushbu holatlar yuzasidan aybdorlarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Hafta davomida viloyat hududida mast holda transport vositasini boshqarish, belgilangan tezlikni oshirish, chorraha va svetofordan o‘tish, odam tashish qoidasini buzish kabi 4863 ta qoidabuzarlik aniqlanib, aybdorlarga qonun doirasida tegishli choralar ko‘rildi.

Опубликовано: admin (3-11-2017, 07:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 112) ( 0) ( 110) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют