» » Toshkent viloyatida bir haftada 126 ta jinoyat qayd etildi, ularning 110 tasi “izi sovimay” fosh etildi

Toshkent viloyatida bir haftada 126 ta jinoyat qayd etildi, ularning 110 tasi “izi sovimay” fosh etildi


Toshkent viloyati hududida 11-oktabrdan 18-oktabrga qadar — bir hafta davomida 126 ta jinoyat qayd etildi. Bu haqda viloyat IIB matbuot xizmati “Daryo”ga ma’lum qildi.

Jumladan, viloyatda hafta davomida 2 ta qasddan odam o‘ldirish, 4 ta qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish, 1 ta bosqinchilik, 2 ta bezorilik, 1 ta talonchilik, 45 ta o‘g‘irlik, 9 ta firibgarlik, 4 ta giyohvandlik, 1 ta avtotransport vositasini olib qochish, 3 ta iqtisodiy va 54 ta boshqa turdagi jinoyatlar sodir etilgan.

Bu jinoyatlarning 110 tasi “issiq izi yo‘qolmasdan” fosh etilgan. Fosh etilmagan 1 ta bosqinchilik, 1 ta talonchilik, 14 ta o‘g‘rilik jinoyatlari bo‘yicha aybdorlarni qidirib topish bo‘yicha tergov va tezkor choralar ko‘rilmoqda.

Shuningdek, hafta davomida qidiruvda yurgan 23 nafar shaxslar ushlandi. Jumladan, ularning 2 tasi qasddan odam o‘ldirish, 1 tasi qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish, yana biri zo‘rlab nomusga tegish jinoyatlarini sodir etib, sud va tergovdan qochib yurgan edi.

Hafta davomida ilgari sodir etilib, ochilmagan jami 11 ta — 1 ta avtoulov olib qochish, 1 ta xavf ostida qoldirish, 9 ta o‘g‘rilik jinoyatlari fosh etilgan.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (20-10-2017, 13:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 111) ( 0) ( 109) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют