» » Indoneziyada saylov natijalarini hisoblashdan zo‘riqqan 54 kishi vafot etdi

Indoneziyada saylov natijalarini hisoblashdan zo‘riqqan 54 kishi vafot etdi


Indoneziyada 17-aprel kuni mamlakat bo‘ylab o‘tkazilgan saylov natijalarini hisoblashdan qattiq charchagan 54 dan ortiq kishi vafot etdi, yana 32 kishi kasalxonaga yotqizildi, deya xabar berdi “Vesti.ru”.

Qayd etilishicha, bunga ko‘p joylardagi ish vaqti soat 05:00 dan boshlangani (saylov uchastkalari 07:00 dan ochilgan) va deyarli bir sutkadan so‘ng yakunlangani sabab bo‘lgan.

Markaziy saylov komissiyasi  ma’lumotlariga ko‘ra, Indoneziyada 17-aprel kuni bo‘lib o‘tgan saylovlar dunyoda eng yirigi bo‘lgan. Saylovda umumiy hisobda 20 mingta o‘ringa da’vo qilgan qariyb 240 ming nafar nomzod ishtirok etgan.

Saylovda ovoz berish huquqiga ega bo‘lgan 193 million fuqaroning deyarli 80 foizi qatnashgan. Mamlakatda umumiy hisobda 813 mingdan ortiq saylov uchastkalari ochilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-04-2019, 14:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 59) ( 0) ( 57) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют