» » Katta Langar Qur’onining faksimile nusxasi O‘zbekiston musulmonlari idorasiga berildi

Katta Langar Qur’onining faksimile nusxasi O‘zbekiston musulmonlari idorasiga berildi


O‘zbekiston elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi boshqaruvi raisi Firdavs Abduxoliqov Katta Langar Qur’onining faksimile nusxasini O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimovga taqdim qildi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Xabarda aytilishicha, muftiy Usmonxon Alimov Prezident tomonidan islom dini qadriyatlarini asrab-avaylashga qaratilgan tashabbuslarga mos ravishda milliy assotsiatsiya rahbari tomonidan masjid-madrasalardagi qadimiy bitiklarni tadqiq etish va xalqqa yetkazishda katta ishlar qilinganini alohida qayd etgan.

Xususan, Qur’oni karimning ushbu nusxasi juda ham tabarruk ekani, u O‘zbekiston musulmonlari idorasining muzey-kutubxonasiga joylashtirilishini bildirib o‘tgan.

Muftiy, shuningdek, qadimiy qo‘lyozma asarlarini mamlakatga olib kelishda diniy idora va ulamolar hamkorlik qilishga doim tayyor ekanini ta’kidlagan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-04-2019, 16:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 63) ( 0) ( 62) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют