» » O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi Usmonxon Alimov O‘zbekistonning Fransiyadagi elchixonasiga tashrif buyurdi

O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi Usmonxon Alimov O‘zbekistonning Fransiyadagi elchixonasiga tashrif buyurdi


O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov hazratlari Fransiyaning Parij shahrida bo‘lib o‘tadigan Xalqaro musulmonlar forumida ishtirok etish uchun jo‘nab ketgan edi, deb xabar berdi O‘zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati.

Kecha, 9-dekabr kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov hazratlari Fransiya davlatiga tashriflari doirasida Parij shahridagi O‘zbekiston elchixonasi faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

Muftiy hazratlariga O‘zbekistonning Fransiyadagi elchisi Sardor Rustamboyev tomonidan olib borilayotgan keng ko‘lamli faoliyat to‘g‘risida ma’lumotlar taqdim etdi.

“Bugungi kunda O‘zbekiston va Fransiya o‘rtasidagi munosabatlar yanada keng ko‘lam kasb etmoqda. Hamkorlik aloqalarining rivojlanganini Fransiya Prezidenti Emmanuel Makronning taklifiga binoan Prezident Shavkat Mirziyoyevning joriy yilda ushbu mamlakatga rasmiy tashrifi, ikki tomonlama munosabatlarning yuqori darajaga ko‘tarilganidan dalolat beradi. Ushbu uchrashuvlar natijasi o‘laroq, ko‘plab hamkorliklar yuzasidan shartnomalar va kelishuvlar imzolangan edi.

Fransiya safari davom etmoqda”, — deyiladi xabarda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-12-2018, 17:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 81) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют