» » Usmonxon Alimov Fransiya Tashqi ishlar vazirligining din ishlari bo‘yicha maslahatchisi Jan Kristof Poselni qabul qildi

Usmonxon Alimov Fransiya Tashqi ishlar vazirligining din ishlari bo‘yicha maslahatchisi Jan Kristof Poselni qabul qildi


9-oktabr kuni Fransiya Tashqi ishlar vazirligining din ishlari bo‘yicha maslahatchisi Jan Kristof Posel O‘zbekiston musulmonlari idorasiga tashrif buyurdi. Bu haqda O‘zbekiston musulmonlari idorasi axborot xizmati xabar bermoqda.

Mehmonga Fransiyaning O‘zbekistondagi elchisi Violen de Vilmor va elchixona maslahatchisi Alena Granda hamrohlik qildi.

Mehmonlarni Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi Ortiqbek Yusupov, O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov va Islom sivilizatsiyasi markazi direktori Shoazim Minovarov kutib oldi.

Uchrashuvda O‘zbekistondagi masjidlar, diniy ta’lim muassasalari va haj – umra safarlarini tashkil etish haqida to‘xtalib o‘tildi. Shuningdek, O‘zbekistondagi 16 ta diniy konfessiyalar, ularning faoliyati, 2 ta noislomiy seminariyalar, cherkov va boshqa ibodatxonalar mavjudligi bo‘yicha ma’lumotlar berib o‘tildi.

Uchrashuv yakunida mehmonlarga Usmonxon Alimov tomonidan esdalik sovg‘alari taqdim qilindi.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (11-10-2017, 13:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 76) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют