» » Bobousmon Boturov qonli jangda qozog‘istonlik raqibini mag‘lub etib, Osiyo chempionati yarim finaliga chiqdi

Bobousmon Boturov qonli jangda qozog‘istonlik raqibini mag‘lub etib, Osiyo chempionati yarim finaliga chiqdi


23-aprel, seshanba kuni Tailandning Bangkok shahrida boks bo‘yicha Osiyo chempionati doirasida o‘zbekistonlik yana bir bokschi chorak final jangini o‘tkazdi.

-69 kg vazn toifasida O‘zbekiston sharafini himoya qilayotgan Bobousmon Boturov qozog‘istonlik Aslanbek Shimbergenovga qarshi ringga chiqib, g‘alaba qozondi. Qayd etish joiz, uchinchi raundda ikkala bokschining ham qoshi yorilib ketdi, natijada hakam jangni to‘xtatdi. Bu vaqtga kelib esa o‘zbekistonlik bokschi ochkolar hisobiga oldinda edi. Shu boisdan hakamlar Bobusmonning g‘alabasini qayd etdi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Shukurjon Rahimov, Sanjar Tursunov g‘alaba qozongan bo‘lsa, Isroil Madrimov mag‘lubiyatga uchradi.

Ayollar o‘rtasida Rayhona Qodirova va Mavluda Mavlonovalar o‘z janglarida mag‘lub bo‘lib, Osiyo chempionatidagi ishtirokini yakunladi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-04-2019, 17:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 69) ( 0) ( 68) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют