» » Samarqandda giyohvand moddasini sotmoqchi bo‘lgan surxondaryolik yigit 13 yilga qamaldi

Samarqandda giyohvand moddasini sotmoqchi bo‘lgan surxondaryolik yigit 13 yilga qamaldi


2018-yilning 17-noyabr kuni 24 million so‘m pul bilan O‘zbekiston–Tojikiston chegarasi orqali Dushanbe shahridagi “Karvon” bozoriga borgan Farrux Ergashev u yerda avvaldan tanish bo‘lgan “G‘ulom” ismli shaxs bilan uchrashib 27 600 tojik somoniysiga (24 million so‘mga) giyohvandlik vositasini topib berishini so‘ragan.

“G‘ulom” ismli shaxs o‘sha kunning o‘zida Farrux Ergashevga 400 gramm giyohvandlik vositasini Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumaniga yetkazib bergan. Farrux Ergashev tanishi “Ravshan” ismli shaxs orqali Samarqand shahridagi “G‘ani” ismli shaxs bilan 400 gramm opiy giyohvandlik vositasini 5800 dollarga sotishga kelishib olgan. 2018-yilning 19-noyabr kuni 200 gramm opiy giyohvandlik moddasini 2100 dollar evaziga “G‘ani” ismli shaxsga qonunga xilof ravishda sotgan.

O‘zining jinoiy harakatini davom ettirgan Farrux Ergashev shu kuni soat taxminan 17:30 atrofida Samarqand–Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha harakatlanib borayotgan vaqtda Bulung‘ur tumani hududidagi “Yuqori nuqta” YPX maskanida qolgan 200 gramm bo‘lgan opiy giyohvandlik vositalarini sotish uchun olib ketayotganligi tezkor tadbir davomida aniqlangan.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Bulung‘ur tuman sudi raisi Farhod Xudayberdiyevning “Daryo”ga ma’lum qilishicha, Farrux Ergashev sud majlisida o‘z aybiga to‘liq iqrorlik bildirgan. Sud jarayonida ma’lum bo‘lishicha, u 2009-yildan buyon ishlab pul topish maqsadida Rossiyaga borib kelgan. 2012-yil 14-dekabr kuni Moskva shahridagi “Lyuberskiy” nomli bozorda samarqandlik “Shavkat” ismli bola bilan urishib qolib uni urib, qattiq jarohat yetkazgan. Natijada Farrux Ergashev Moskva shahrida militsiya xodimlari tomonidan ushlanib, Rossiya jinoyat kodeksining 162-moddasi 2-qismi bilan jinoiy javobgarlikka tortilgan. Rossiyadagi Yaroslavskiy viloyatida joylashgan jazoni ijro etish muassasasida “G‘ulom” ismli Tojikiston fuqarosi bilan tanishib qolgan.

Sudlanuvchi Farrux Ergashev O‘zbekiston Jinoyat Kodeksining 246-moddasi 2-qismi (ko‘p miqdorda kontrabanda qilish), 273-moddasi 5-qismi (Giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni ko‘p miqdorda qonunga xilof ravishda sotish) bilan aybli deb topilib, 13 yil muddatga ozodlikdan mahrum etildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-04-2019, 17:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 78) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют