» » Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi OAVlarning faol yondashuvlarini qo‘llab-quvvatlashini bildirdi

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi OAVlarning faol yondashuvlarini qo‘llab-quvvatlashini bildirdi


O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi fuqarolar va jamiyat muammolariga befarq bo‘lmagan milliy ommaviy axborot vositalarining faol yondashuvlarini qo‘llab-quvvatlashini ma’lum qildi.

Ta’kidlanishicha, ularning faoliyati kuchli fuqarolik jamiyatini shakllantirishga yordam beradi va OAVni so‘zda emas, amalda haqiqiy to‘rtinchi hokimiyatga aylantiradi.

“Joriy yilning 22-aprelida “Novosti Uzbekistana” (O‘zbekiston yangiliklari) saytida “Oq yo‘l, 59 manzilidagi beboshlik: pensionerdan yerni qanday tortib olishdi” nomli maqola e’lon qilingan. Muallif o‘tkazgan jurnalistik surishtiruvi mutasaddi davlat idoralarining poytaxtda yashovchi oddiy fuqaroning muammosiga  e’tibor qaratishlariga sabab bo‘ldi.

Maqola muallifi Oliya Taishova hamda “Novosti Uzbekistana” tahririyatiga yuksak fuqarolik burchi va aholining dolzarb muammolarini yoritishdagi faolliklari uchun minnatdorchilik bildiramiz”, — deyiladi agentlik xabarida.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-04-2019, 21:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 102) ( 0) ( 101) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют