» » O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi etib qayta tashkil etildi

O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi etib qayta tashkil etildi


O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi etib qayta tashkil etildi va prezident Administratsiyasi tuzilmasiga o‘tkazildi. Bu haqda agentlikdagi axborot manbasiga tayanib, “Gazeta.uz” xabar bermoqda.

Prezident Shavkat Mirziyoyev agentlikni qayta tashkil etish to‘g‘risidagi farmon va qarorni imzolagan.

Idora Vazirlar Mahkamasi yurisdiksiyasidan chiqarilib, davlat axborot siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirishdagi vakolatli organga aylantirilgan.

Ommaviy axborot vositalarini rivojlantirish, matbuot xizmatlari faoliyatini yaxshilash hamda davlat organlari ochiqligini ta’minlash uning asosiy vazifalari etib belgilandi.

Barcha davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari agentlikning axborot sohasidagi topshiriqlarini bajarishga majbur.

Agentlik direktori davlat rahbari maslahatchisi o‘rinbosariga tenglashtirildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-02-2019, 22:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 96) ( 0) ( 95) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют