» » Milliy matbuot markazida bosma va elektron OAV muammolariga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazildi

Milliy matbuot markazida bosma va elektron OAV muammolariga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazildi


8-avgust kuni soat 15:00 da Milliy matbuot markazida “Bosma va elektron ommaviy axborot vositalarining bugungi faoliyati va istiqboldagi vazifalari” mavzuidagi matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Bu haqda “Daryo”ga anjuman tashkilotchisi — O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi ma’lum qildi.

Ayni paytda O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi tomonidan ro‘yxatga olinib, davlat reyestriga kiritilgan OAVning umumiy soni 1564 tani tashkil etadi. Ulardan 694 tasi gazeta, 330 tasi jurnal, 14 tasi axborotnoma-byulleten, 4 tasi axborot agentligi, 68 tasi televideniye, 37 tasi radio, 418 tasi veb-saytlardir.

O‘tgan davrda 10 ta (6 ta gazeta, 3 ta jurnal, 1 axborotnoma-byulleten) bosma OAVning chiqarilishi muassislarining qarorlariga ko‘ra tugatilib, davlat reyestridan chiqarildi.

So‘nggi vaqtlarda turli nufuzli davralarda jurnalistikaning hozirgi kundagi ahvoli, ommaviy axborot vositalarining mustaqillikni mustahkamlash, mamlakat taraqqiyotining hozirgi islohotlar davridagi, xalqning munosib turmush tarzini hosil qilish, ma’naviy hayotni avj oldirish singari dolzarb masalalarni amalga oshirishdagi ishtirokiga yangi urg‘u berish maqsadida turli xil anjumanlar o‘tkazildi. Muhim va aqlli fikr-mulohazalar bildirildi, tavsiyalar ishlab chiqildi.

Tadbirda jurnalistika sohasidagi turli muammolar ko‘rib chiqildi.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (8-08-2017, 23:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 96) ( 0) ( 95) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют