» » O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi: Ma’naviyatga zarar yetkazganlarni ayamaymiz

O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi: Ma’naviyatga zarar yetkazganlarni ayamaymiz


O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi bosh direktori Laziz Tangriyev agentlik bundan buyon ommaviy axborot vositalari o‘zbek ma’naviyatiga zid bo‘lgan materiallarni tarqatishiga yo‘l qo‘ymasligini ma’lum qildi.

Bir paytlar yosh yozuvchi yoki shoir asar yozsa, uni e’lon qilishdan oldin o‘ylanib qolarkan: “Bu yozganimni o‘qib, G‘afur G‘ulom, Abdulla Qahhor, Oybeklar nima derkin. Ustozlardan baloga qolsamchi” degan andishaga borarkan. Hozirgi maza-matrasiz maqolalar, she’r-u hikoyalarni ko‘rib, xashaki yozuvchilarda uyat, insof yo‘qmikan deb qolasan.

Turli xususiy gazeta-jurnallar, nashriyotlar ijod mahsullarining saviyasi pastligi, badiiy sayozligi odamni xavotirga soladi. Bunga sabab sog‘lom, xolisona tanqidning, do‘stona achchiq gapning, ustozlar nasihatining yetishmayotganidir.

Bu haqda Prezidentimiz 3-avgust kuni ziyolilar bilan bo‘lgan uchrashuvda ham kuyunib gapirdilar. Bu sohaning tijoratlashuviga mutlaqo yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi, dedilar.

Nega biz do‘kondan sifatsiz, muddati o‘tgan mahsulot olsak, sotuvchi bilan yoqa bo‘g‘ishamizu ma’naviyatimizga zarba berayotgan, savodsizlikni urchitayotgan, yoshlar tarbiyasiga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgan xususiy ommaviy axborot vositalari va nashriyotlarga miq etmaymiz.
O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligi bunday “ishbilarmonlar”ga qarshi ayovsiz kurash olib boradi. Endi ularni “qonunni buzmang” degan yumshoq va sip-silliq taqdimnomalar yuborib, ogohlantirish emas, balki qilyotgan noma’qulliklarini ko‘rsatib, xalqimiz, jamoatchilik oldida izza qilish fursati yetdi.

Yurtboshimiz aytganlaridek, bu baloga qarshi jamoatchilikni uyg‘otmasak, bir jaholatga o‘n ma’rifat bilan javob bermasak u kun sayin madda boylab boraveradi.

Shu kundan boshlab O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligi soha qonunlarini mensimaydigan, milliy qadriyatlarimizni oyoq osti qiladigan, pul topaman deb jurnalistika sha’niga dog‘ tushiradigan qo‘shtirnoq ichidagi “hamkasblarimiz”ga qarshi murosasiz kurash olib boradi.

Ayrimlar bor. Jurnalistikadan mutlaqo yiroq. Hatto kasbining tayini ham yo‘q. Tijoratda o‘zini u toshga uradi, bu toshga uradi-da, omadi chopmasa shunday deydi: “Hamma ishni qilib ko‘rdim, endi bir gazeta yoki nashriyot ochib ko‘ray”. Axir erkinlik niqobi ostida mo‘tabar ijod bo‘stonini payhon qilishga, muqaddas qalam obro‘sini yerga urishga unga kim huquq berdi.
Ma’naviyatimizning do‘sti kimu dushmani kim xalqimiz ochiq bilsin.

Laziz Tangriyev, O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi bosh direktori

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (5-08-2017, 14:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 25) ( 0) ( 24) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют