WWW.XIT.UZ » Yangiliklar » Shuhrat Sodiqov Loyihaviy boshqaruv milliy agentligi rahbari etib tayinlandi
Shuhrat Sodiqov Loyihaviy boshqaruv milliy agentligi rahbari etib tayinlandi
Yaqinda tashkil etilgan O‘zbekiston loyihaviy boshqaruv milliy agentligi rahbari etib Shuhrat Sodiqov tayinlandi. Bu haqdagi farmonni 1-avgust kuni davlat rahbari imzoladi, deb xabar beradi “Gazeta.uz”.
Bunga qadar Shuhrat Sodiqov (1969-yili tug‘ilgan) 2010-yildan boshlab Vazirlar Mahkamasining axborot tizimlari va telekommunikatsiyalar masalalari bo‘yicha axborot-tahlil departamentlari mudiri lavozimini egallab kelgan edi.
Ilgariroq —2008–2010-yillarda u “O‘zbektelekom” kompaniyasi bosh direktori, 2006–2008-yillarda esa bosh direktor o‘rinbosari sifatida ishlagan.
“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring
(голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!
Добавить комментарий!

Понравился ли Вам наш сайт?