» » Pushti flamingolar yana Qoraqalpog‘istonga uchib keldi (video)

Pushti flamingolar yana Qoraqalpog‘istonga uchib keldi (video)


Pushti qushlar Qoraqalpog‘istonga ketma-ket 12 yil uchib kelmoqda. Bu haqda “Novosti Uzbekistana” xabar berdi.

Mahalliy ornitologlar 2014-yil Sudochye ko‘lining sharqiy qirg‘og‘ida 7000 flamingo borligini aniqlagan.

Bu yil ham flamingo Mo‘ynoq tumaniga yana uchib keldi. “Kruz.uz” mahalliy yangiliklar portali ularning videosini Intagram’ga joyladi.

Sudochye ko‘liga aprel—may oylarida pushti flamingolar uya solgani keladi. Mahalliy ornitologlarning aytishicha, bunday hodisa ilk bor 12 yil avval qayd etilgan. 2014-yil o‘tkazilgan tadqiqotlarda ko‘lning sharqiy qirg‘og‘ida flamingolarning katta to‘dasi kuzatilgan. U yerda 7 mingdan ortiq qush va 3 mingta uya bor edi.

Mutaxassislarning fikricha, bu holat mintaqada ekologik turizm rivojlanishiga yordam beradi. Bu fikrni shahar ma’muriyati ham tasdiqlagan. Mo‘ynoq hokimligi ko‘l bo‘yida qo‘riqxona tashkil etish masalasini ko‘rib chiqmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-04-2019, 21:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 28) ( 0) ( 27) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют