» » Poroshenko Ukrainaga qanday xizmat qildi? Xitoy atmosferaga qancha karbonat angidrid chiqaradi? Otgan haftaning eng muhim tvitlari

Poroshenko Ukrainaga qanday xizmat qildi? Xitoy atmosferaga qancha karbonat angidrid chiqaradi? Otgan haftaning eng muhim tvitlari


Daryo Twitterda otgan haftada mashhur shaxslar tomonidan post qilingan eng muhim tvitlar bilan ortoqlashadi.

Bugun Yer kunida iqlim siyosati borasida parad va ish tashlashga chiqqan barcha dunyo yoshlariga minnatdorlik bildiraman. Biz nima qilishni bilamiz: 2030-yilga qadar atmosferaga chiqarilayotgan gazlarni 50 foizga qisqartirish. Biz buni hozirdan boshlashimiz kerak, Hillari Klinton, amerikalik senator.

Biz savodsizlik, qashshoqlikka qarshi kurashda va tinchlikni ornatishda kitobxonlikni yoyish uchun harakatlarimizni ikki karra kopaytirishimiz lozim. Kitob kunida, kelinglar, barchamiz yozma nutq tasiri doirasini kengaytirish va har bir shaxsga kitobga ega bolishi uchun yordam beraylik,YuNESKO.

YuNESKO ozining Twitterdagi sahifasida Malala Yusufzayning Bizning kitoblarimiz va bizning qalamlarimiz eng kuchli qurol shiorini keltiradi.

Milan shahridagi devordagi surat. Eh odamlar Matteo Salvini, Italiya ichki ishlar vaziri (devordagi yozuv: Salvini fashist).

Poroshenko besh yil mobaynida Rossiyaga qarshilik korsatdi, tashqi siyosatda sezilarli yutuqlarga erishdi, Ukrainaning Garbga integratsiyasida jiddiy odimladi, ammo iqtisod sohasida undan kutilganlarini oqlamadi, va siyosat borasida tajribasiz Vladimir Zelenskiyga katta farq bilan yutqazdi, Jayxun Ashurov, turk jurnalisti.

Rossiya AQShdagi prezidentlik sayloviga aralashdi. Keyingi hujumlarning oldini olish uchun biz saylov tizimini mustahkamlashimiz zarur. Bu qonsiz urush boladi. Ammo biz tayyor emasmiz. Aslida tayyor bolishimiz kerak, Kamala Harris, AQSh prezidentligiga nomzod.

2019-yilning 1-sentabridan boshlab Ozbekistonda ayollarning nikohga kirish yoshi 17 yoshdan 18 yoshga kotarildi. Bu esa erkak va ayollarning nikohdan otish yoshi teng boladi deganidir, Yonas Astrap, Xalqaro mehnat tashkilotining Ozbekistondagi vakili.

Ayni paytda Xitoy Yevropa Ittifoqi va AQShni birga olib hisoblagandagidan-da kora koproq karbonad angidrid gazini atmosferaga chiqarmoqda va energiyaning 60 foizi komir hissasiga togri kelmoqda. Bu yerda, barcha muqaddas narsalar haqqi-hurmati, etirozga orin bor, Boris Jonson, Buyuk Britaniya parlamenti azosi.

Keliyen Konueyning (prezident maslahatchisi) turmush ortogi Jorj Konuey yozishicha, Tramp bu prezident lavozimidagi saraton shishidir. Kongress uni yoqotishi kerak, Jim Roberts, Cheddar nashri muharriri.



Manba: Daryo.uz
: admin (24-04-2019, 09:13)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 7) ( 0) ( 5) ( 2)
:
-
:
20 ... -