» » Kuchli yomg‘ir Urgutda yarim million aholini chiroqsiz qoldirdi

Kuchli yomg‘ir Urgutda yarim million aholini chiroqsiz qoldirdi


Urgutda kecha kechki paytdan beri yarim million aholi chiroqsiz qolmoqda, deb yozadi “Zarnews”.

Qayd etilishicha, kecha, 23-aprel kuni kechki soat 21:00-22:00 larda kuzatilgan shamol va yomg‘ir Urgut tumanidagi qariyb yarim million aholini hozirgacha elektr energiyasiz qoldirayapti.

Urgut tuman ETK bosh injeneri kuchli shamol va yomg‘ir aksariyat podstansiyalarga, ayrim joylarda elektr uzatuv simlariga, simyog‘ochlarga zarar yetkazganini ma’lum qilgan.

“Uning so‘zlariga ko‘ra, muammoni barataraf etish uchun muammo yuz bergan joylarga elektr tarmoqlari korxonasi  xodimlari jalb qilingan. Ammo, ertalabdan yog‘ib turgan yomg‘ir ularning ishini biroz qiyinlashtirayapti. Shunday bo‘lsa ham tuman ETK muammolarni tezda bartaraf etib aholiga elektr energiyasi uzatishni davom ettiradi, deb umid qilamiz”, — deyiladi xabarda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-04-2019, 09:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 49) ( 0) ( 48) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют