» » Denovda Nexia va yuk mashinasi to‘qnashishi oqibatida 2 kishi halok bo‘ldi

Denovda Nexia va yuk mashinasi to‘qnashishi oqibatida 2 kishi halok bo‘ldi


Surxondaryo viloyatining Denov tumanida inson o‘limi bilan yakunlangan YTH sodir bo‘ldi, deb xabar berdi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi.

23-aprel kuni soat 03:30 larda Surxondaryo viloyati Denov tumanida yashovchi 26 yoshli A.A. boshqaruvidagi Nexia rusumli avtomashinani Buxoro viloyatining Romitan tumani hududidagi avtomagistral yo‘lida haydab ketayotgan edi. Shunda u o‘zidan oldinda harakatlanib borayotgan fuqaro Z.Sh. boshqaruvidagi “Kamaz” rusumli yuk avtomashinasi orqa tomoniga urilib, to‘qnashuv sodir etgan.

Natijada Nexia avtomashinasi yo‘lovchisi S.K. ismli ayol jarohat olib voqea joyida vafot etgan hamda Nexia’ning qolgan yo‘lovchilari, S.K.ning turmush o‘rtog‘i J.R. va 2019-yilda tug‘ilgan I.A. ismli qizi, Surxondaryo viloyati Qumqo‘rg‘on tumanida yashovchi Sh.Slar kasalxonaga yotqizilgan.

Ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay qizaloq vafot etgan.

Shuningdek, Nexia haydovchi A.A va yo‘lovchisi Ch.Elarga kasalxonada tibbiy yordam ko‘rsatilgan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-04-2019, 14:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 63) ( 0) ( 61) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют