» » Surxondaryoda o‘tkazilgan sayyor qabulda 78 ta muammo hal qilindi

Surxondaryoda o‘tkazilgan sayyor qabulda 78 ta muammo hal qilindi


O‘zbekiston Prezidenti maslahatchisi o‘rinbosari A.Usmonov Surxondaryo viloyati Muzrabot tumanida sayyor qabul o‘tkazdi. Bu haqda Prezident Xalq qabulxonasi “Daryo”ga xabar berdi.

Tuman markazidagi dam olish va istirohat bog‘ida bo‘lgan sayyor qabulda 172 nafar fuqoradan 212 ta murojaat kelib tushdi. Shuni aytish lozimki, eng ko‘p murojaat sud-huquq, uy-joy, yer ajratish, sog‘liqni saqlash, aholi bandligiga doir bo‘ldi.

Sayyor qabulda 78 ta muammo joyida hal etildi. Boshqacha aytganda, murojaatlarning 41 foizi ijobiy bartaraf etildi. Misol uchun, tumandagi “Yangidiyor” mahallasida yashovchi fuqaro Nargiza Nurmuhammedova va Gulchehra Bobonazarovalarga davolanish uchun order ajratilib, shu kunning o‘zida shifoxonaga yuborildi. “Bodomzor” mahallasidan Abdumurod Odinayevning ichki yo‘llarni va ko‘prikni ta’mirlash borasidagi murojaati yuzasidan tuman hokimi topshirig‘iga ko‘ra yo‘llarga tosh to‘kish, ko‘prikni ta’minlash ishlari zudlik bilan boshlab yuborildi.

Tumandagi “Navro‘z” mahallasidan Oyzoda Azimova nabirasi Dinara Ismatovani Qozog‘istonning Olmaota shahrida bo‘ladigan xalqaro musobaqada ishtirok etish uchun yordam so‘rab qilgan murojaati ham shu joyning o‘zida hal etildi. Dinara tumandagi 14-maktabning 4-sinfida o‘qiydi. Taekvondo bo‘yicha bir qator respublika va xalqaro musobaqalar g‘olibi. Otasi va bobosi avtohalokat tufayli vafot etgan. Bu chempion qiz 15-mayda bo‘ladigan xalqaro musobaqada ishtirok etib, yurt sharafini munosib himoya qiladigan bo‘ldi. Homiylikni esa “Muzrabot bunyodkori” MChJ jamoasi o‘z zimmasiga oldi.

Shuningdek, Qurbonsoat Jabborovning R-6 kanalining 3 kilometri ag‘anab, K-5 kanaliga tushganligi, natijada 2 yildan buyon 358 xonadon sohiblari shaxsiy tomorqalarini sug‘orishda qiynalayotgani, 350 gektar paxta maydoni izova sho‘r suv bilan sug‘orilayotganligidan shikoyat qildi. Bu masalaga ham tegishli mablag‘ ajratilib, “Amu Surxon irrigatsiya” tizimlari havza boshqarmasi va “Surxandaryosuvqurulishinvest” DUK tomonidan bartaraf etiladigan bo‘ldi.

Qabulda tadbirkorlar Abduqodir Hamdamov, Oybargun Mo‘minova, Chori Safarqulov, Xasan Boyqobulovlar tuman dehqon bozori yonidagi do‘konlari buzilishi haqida ogohlantirish olganliklarini aytib, shikoyat qildi. Bu borada agar bozorni qayta qurish va kengaytirish maqsadida yo‘l yoqasidagi savdo do‘konlari buzilsa, ularga yer ajratilishi, imtiyozli kredit yoki do‘kon berilishi va’da qilindi. Bu masalani ijobiy hal etish tuman hokimi o‘rinbosari Ahmad Yo‘ldoshevga yuklatildi.

Fuqaro Sharifjon Chorshanbiyev tumandagi “Oriyat” mahallasida yashayotgan 500 xonadon sohiblari yopiq drenaj ishlamayotganligi sababli yer osti sizot suvlari yaqinlashgani, tomorqalar sho‘rlab ketayotgandan aziyat chekmoqda, dedi. Bu muammo ham tegishli tashkilot zimmasiga yuklatilib, ma’lum muddat belgilandi.

Shuni alohida ta’kidlash lozimki, sayyor qabulga kelgan fuqarolar muammolari hal qilingani yoki qat’iy nazoratga olinganligi tufayli xursand bo‘ldi. Qabul davomida 10 ta murojaatga asosli huquqiy javob berilgan bo‘lsa, 115 tasiga muddat belgilanib nazoratga olindi.

Qabul yakunida O‘zbekiston Prezidenti maslahatchisi o‘rinbosari A.Usmonov tuman, viloyat tashkilotlari rahbarlari va xodimlariga marojaat qilib, masalaning mohiyati qabulda emas, balki bu yerda aytilgan muammolarning hal etilishi bilan muhimligini aytdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-04-2019, 19:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 27) ( 0) ( 26) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют